Isroil armiyasi yakshanba kuni Livan janubidagi Beaufort Ridge va Vadi al - Salukiy hududida keng ko‘lamli hujum boshlaganini ma’lum qildi.
Harbiy Matbuot xizmati kotibi Ella Vaveya «X» platformasi orqali bergan bayonotida, bosib olish bir necha kun avval katta quruqlik kuchlari bilan boshlanganini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, bu harakat terrorchi infratuzilmani yo‘q qilish va jangarilarni yo‘qotish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Isroil armiyasi Litani daryosidan o‘tgani va daryo shimolida Hizbullohga qarshi hujumlarni kengaytirganini iddao qilgan Vaveya, amaliyotlar boshqa hududlarga ham yoyilganini o‘z so‘ziga ilova
Vaveya Isroil kuchlari Livan janubidagi Nabatiya atrofi, ya’ni Hizbullahning asosiy tayanchlaridan biri sifatida ta’riflangan hududni nishonga olayotgani va zarurat tug‘ulgudek bo‘lsa unda amaliyotlarni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.
Livan armiyasining yuqori martabali manbasi shanba kuni Anado‘lu axborot agentligiga (AA), Isroil qo‘shinlari Litani daryosi shimolidagi qishloqlarga kirib borgani va Livan janubidagi Nabatiya chekkalariga yetib kelganini ma’lum qildi.
Isroil 17 – aprel kuni kuchga kirgan va AQSh o‘rtamchiligida olib borilgan bilvosita muzokaralar ortidan 17 - maydan boshlab muddati 45 kunga uzaytirilgan otashkesimga qaramay Livanga hujumlarini davom ettirmoqda.
Livan Sog‘liqni Saqlash vazirligiga ko‘ra 2 - martdan buyon Isroil hujumlari mamlakat bo‘ylab 3 ming 370 nafardan ortiq inson o‘limiga yo‘l ochgan.















