Isroil artilleriya bo‘linmalari shanba kuni (07.02.2026) ertalab G‘azoning turli hududlarini o‘qqa tutdi, armiya esa janubdagi turar - joy hududida Xon Yunus sharqidagi binolarni nishonga olgan buzish amaliyotlarini amalga oshirdi.
Isroil o‘tgan 2025 - yilning 10 - oktabri kuni kuchga kirgan otashkesim kelishuvini har kuni uyushtirayotgan hujumlari orqali buzmoqda.
Anado‘lu axborot agentligiga (AA) gapirgan guvohlardan biri, Isroil artilleriyasi, G‘azo shahri sharqida va turar - joy hududining shimolidagi Jabaliya shaharchasining sharqida ko‘plab nuqtalarni nishonga olganini qayd etdi.
Guvohlar armiya Xon Yunus sharqidagi binolar va uylarni nishonga olgan buzish amaliyotlari uyushtirgani hamda G‘azoning yirik qismida eshitilgan kuchli portlashga yo‘l ochganini o‘z so‘ziga ilova qildi.
Isroil dengiz kuchlariga tegishli kemalar ham Rafoh va Xon Yunus sohillariga o‘q uzar ekan, Isroil vertolyoti esa Rafoh ustida o‘t ochdi.
Sulh buzilishi
AQSh ma’muriyati yanvar oyida kelishuvning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qilganiga qaramay, Isroil otashkesim kelishuvi yoki sulh bitimini buzishda davom etdi.
Bu bosqich Isroil askarlarining G‘azodan chiqishini davom ettirishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti taxminiga ko‘ra qariyb 70 milliard dollarga tushishi kutilgan qayta qurish ishlarini boshlashni o‘z ichiga oladi.
Sulh 2023 - yilning oktabr oyida boshlangan Isroil hujumlarini to‘xtatgan edi. Bu hujumlar falastinlik taxminan 72 ming nafar insonning halok bo‘lishiga, 171 ming nafardan ortiq insonning esa tan jarohati olishi va G‘azo infratuzilmasining qariyb 90 foizining vayron bo‘lishiga yo‘l ochgandi.
Sulhga qaramay, G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, Isroil armiyasi sulhni buzishni davom etmoqda. Eng yomoni voqea oqibati falastinlik 574 kishining umriga, 1 ming 518 kishining esa sog‘ligiga zomin bo‘ldi.



















