AQSh Harbiy - dengiz kuchlari tomonidan Eronning strategik suv yo‘liga nisbatan yo‘lga qo‘ygan cheklovlariga qarshi joriy etilgan blokada davom etayotgan bir paytda Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kema harakati davom etmoqda.
Blokada dushanba kuni (13.04.2026) Eron mahalliy vaqti bilan soat 17:30 da (1400 GMT) boshlanar ekan; undan beri 14 ta kema Fors ko‘rfaziga kirgan, 7 tasi esa bo‘g‘ozdan chiqib ketgan.
Anado‘lu axborot agnetligiga (AA) tegishli manbalardan olgan ma’lumotlarga ko‘ra seshanba kuni (14.04.2026) soat 20:10 GMT holatiga ko‘ra jami 25 ta kema bo‘g‘ozdan o‘tgan, 13 tasi esa bo‘g‘ozda qolgan.
Ushbu kemalar orasida to‘rttasi tanker bo‘lib, ular orasida Liberiya bayrog‘i ostidagi quruq yuk kemasi Christianna; AQSh sanksiyalariga duchor bo‘lgan neft tankerlar Rich Starry va Murlikishan hamda Panama bayrog‘i ostidagi Peace Gulf mavjud.
Bu to‘rtta tanker bo‘g‘ozdan o‘tgan, biroq Gvadar ko‘rfazi va Ras al Hadd bo‘ylab cho‘zilgan AQSh blokada chizig‘iga yaqinlashishdan oldin to‘xtagan.
Seshanba kuni (14.04.2026) holatiga ko‘ra Fors ko‘rfazi tomonida taxminan 2000 ta kema qamalib qolgan, yana qariyb 400 ta kema esa Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali ko‘rfazga kirishni kutmoqda.
Kema kuzatuv bazasi MarineTraffic ma’lumotlari AQSh sanksiyalariga duchor bo‘lgan kemalar ham bo‘g‘ozdan o‘tganini ko‘rsatdi.
Ma’lum qilinishicha, AQSh Harbiy - dengiz kuchlari amaliyot boshlanganidan buyon kema harakati zich bo‘lgan Gvadar ko‘rfazi va Ras al Hadd orasidagi chiziq bo‘ylab blokada o‘rnatgan.
TankerTrackers ilovasi esa ayrim kemalar o‘z shaxsini yashirish uchun soxta avtomatik identifikatsiya tizimi (AIS) signallarini uzatayotganini iddao qildi.
Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan ushbu blokada, Vashington va Tehron o‘rtasida dam olish kunlari Islomobod shahrida o‘tkazilgan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng, dushanba kuni Turkiya vaqti bilan soat 14:00 da kuchga kirgan edi.











