DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rus harbiy kuchlari Pokrovskga kirib borgani iddao etilmoqda
Rus harbiy kuchlari Ukrainaning Pokrovsk shahriga kirib borgani iddao etilmoqda.
Rus harbiy kuchlari Pokrovskga kirib borgani iddao etilmoqda
_
4 ноябр 2025

Rossiya, Ukraina sharqidagi Donetsk viloyatidagi Pokrovsk shahrida taraqqiyotga erishganini iddao qildi. Pokrovsk, bir yildan ortiq vaqt davomida shiddatli janglar sahnasi bolib kelmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi dushanba kuni (03.11.2025) Rossiya kuchlari shaharning Prigorodniy mahallasiga kirib borgani va o‘z pozitsiyalarini mustahkamlagani haqida bayonot berdi. Shuningdek, shaharning temir yol vokzali va sanoat zonasi yaqinida janglar davom etayotgani qayd etildi.

Otgan hafta Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy front chizigida joylashgan shahardagi vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qildi va shahar qurshab olingani haqidagi iddaolarni rad etdi.

Moskva, mojarolar davom etgan shahardagi hujumlarda hududiy yutuqlarga erishganini bir necha bor ta’kidlagandi.

Pokrovsk, Ukrainaning Donetsk viloyatidagi harbiy amaliyotlari uchun muhim logistik markaz sifatida xizmat qiladi.

Ukraina rasmiylari, Rossiyaning songgi iddaosi ustidan hali hanuz izohot bermadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha 2022 - yilning fevral oyida Rossiyaning ishg‘oli bilan boshlangan mojaro tufayli mustaqil tekshirish juda murakkab ekani qayd etilmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi shuningdek, kechasi bilan Ukrainaning harbiy sanoat ta’sislari, gaz va energetika infratuzilmasi, harbiy aeroport infratuzilmasi, qurol - yarog va harbiy texnika ta’mirlash ta’sislarinini nishonga olgan havo hujumlari uyushtirganini iddao etdi.

Ukraina Rossiyaning yangi havo hujumlari haqida ma’lumot bo‘lishdi

Shu bilan birga, Ukraina rasmiylari shimoli - sharqdagi Sumi viloyati ham doxil turli hududlarda tun bo‘yi havo hujumlari uyushtirilganini ma’lum qildi. Sumi viloyatidagi Trostianets aholi punktida bir kishi halok bolar ekan, janubdagi Nikolayev viloyatida energetika infratuzilmasi shikastlandi va 12 ta aholi punktida elektr uzilishlari kuzatildi.

Oxirgi oylarda, qish yaqinlashib kelayotgan bir paytda, Rossiya bilan Ukraina bir - birining energetika infratuzilmasiga bo‘lgan hujumlarini kuchaytirdilar.

Ukraina Bosh shtabi ilgari bergan bayonotlaridan birida Saratov neftni qayta ishlash zavodiga qarshi tun boyi hujum uyushtirgani va obyektga zarba berganini iddao qildi.

Saratov gubernatori Ro‘man Busargin, mintaqada dron hujumi xavfi haqida ogohlantirgandi ammo obyekt yoki hujumning oqibatlari haqida gapirmadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa alohida bergan bayonotida, uning havo mudofaasi tizimlari kechasi bilan Ukrainaning 64 ta insonsiz havo transportiga monelik qilgani va ulardan 29 tasi Saratov viloyati ustida urib tushirilganini bildirdi.