G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar haqida so‘nggi ma’lumotlar e’lon qilindi.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra so‘nggi 48 soat ichida G‘azodagi shifoxonalarga falastinlik yana 1 nafar halok bo‘lgan, 5 nafar esa yaralangan kishi olib kelingani qayd etildi.
G‘azoda 2025 - yilning 10 - oktabrida kuchga kirgan otashkesimdan buyon Isroil hujumlarida 1 ming 286 kishi halok bo‘lgani, 4 ming 257 kishi yaralangani, vayronalar ostidan esa 813 kishining jasadi chiqarilgani bildirildi.
Isroilning 2023 - yilning oktabr oyidan buyon G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida qurbonlar soni 73 ming 420 nafarga, yaralanganlar soni esa 174 ming 369 nafarga yetgani ma’lum qilindi.
G‘azo sektorida vayronalar ostida hali ham minglab jasad borligi ta’kidlanmoqda.





















