IQTISODIYOT
1 daqiqa o'qish
Shimshek: Energiyada transformatsiyani tezlashtirish orqali barqarorligimizni mustahkamlayapmiz
Mehmet Shimshek, Jahon bankining Turkiyadagi shamol energetikasi va energiya saqlash loyihalariga ajratgan qo‘shimcha 400 million yevrolik moliyalashtirishi ustidan fikr bildirdi.
Shimshek: Energiyada transformatsiyani tezlashtirish orqali barqarorligimizni mustahkamlayapmiz
_

Turkiya Respublikasi G‘aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi hisobida Jahon bankining Turkiyadagi shamol energetikasi va energiya saqlash loyihalariga ajratgan qo‘shimcha 400 million yevrolik moliyalashtirishi yuzasidan fikr bildirdi.

Mehmet Shimshek yashil transformatsiya Turkiya uchun zarur ekanini ta’kidlagan holda:

«So‘nggi 23 yil davomida mamlakatimizning umumiy energiya importi 1,1 trillion AQSh dollariga yetdi. Energetika sohasida mahalliy va qayta tiklanuvchi manbalar ulushini oshirish orqali tashqi qaramlikni kamaytirmoqdamiz hamda resurslarimizni qo‘shilgan qiymat zanjirida yana - da yuqoriga ko‘tarilishimizga xizmat qiladigan yo‘nalishlarga yo‘naltirmoqdamiz. Jahon bankidan taqdim etilgan 400 million yevro miqdoridagi uzoq muddatli va qulay shartlardagi moliyalashtirish yordamida qayta tiklanuvchi energiya investitsiyalarini qo‘llab - quvvatlayapmiz, energetika sohasidagi transformatsiyani jadallashtirib, mamlakatimizning barqarorligi va chidamliligini mustahkamlamoqdamiz» - degan ifodalarga o‘rin berdi.