TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Prezident Erdo‘g‘an Janubiy Afrikaga jo‘nab ketdi
Prezident Erdo‘g‘an G - 20 sammitida ishtirok etish uchun Janubiy Afrikaga jo‘nab ketdi.
Prezident Erdo‘g‘an Janubiy Afrikaga jo‘nab ketdi
_
21 ноябр 2025

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogan, G - 20 tarkibidagi davlatlarning liderlari o‘rtasida uyushtirilgan sammitida ishtirok etish uchun bugun (21.11.2025) Janubiy Afrikaga jonab ketdi.

Prezident Erdo‘g‘anga rafiqasi va Turkiyaning Birinchi xonimi Emine Erdogan, Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Xazina va moliya vaziri Mehmet Shimshek va Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Burhanettin Duran hamda boshqa rasmiylar hamrohlik qilmoqda.

Turkiya prezidenti sammitning turli sessiyalarida nutq s'zlashi kutilmoqda; sammit «Birdamlik, tenglik, barqarorlik» mavzusi ostida o‘tkaziladi.