TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya Kipr haqidagi Yevropa parlamenti rezolyutsiyasini rad etdi
Jevdet Yilmaz Yevropa parlamenti qarorining hech qanday kuchi yo'qligini ifoda etgan holda, uning tarixni buzishi va majlis ishonchini yo'qotishini qayd etdi.
Turkiya Kipr haqidagi Yevropa parlamenti rezolyutsiyasini rad etdi
_

Turkiya vitse - prezidenti Jevdet Yilmaz 1974 - yildagi Kipr tinchlik amaliyotiga oid Yevropa parlamentining rezolyutsiyasini rad etdi, Anqara buni tan olmasligi va uning hech qanday amaliy kuchga ega emasligini bildirdi.

Jevdet Yilmaz juma kuni Lefkoshadagi Erjan nomidagi aeroportda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Bosh vaziri Unal Ustel bilan birgalikda uyushtirilgan qo‘shma matbuot anjumanida nutq so’zladi va unda bu rezolyutsiya Yevropa parlamentining obro‘sini zaiflashtirayotganiga e’tibor qaratdi.

Yilmaz bu haqida: “Biz bu qarorni hech qanday holatda tan olmaymiz. U hech qanday amaliy kuchga ega emas” - dedi.

Yilmaz Yevropa parlamentini Kiprning grek tomoni ma'muriyatining propaganda vositasiga aylanganini ifoda etib, rezolyutsiyani asossiz deb rad etdi. Uning ta'kidlashicha, bu hujjat Turkiya yoki ShKTR uchun hech qanday ahamiyatga ega emas.

U 1974 - yilgi amaliyot orolga ellik yildan ortiq davomida doimiy tinchlik va barqarorlik olib kelgani va bu holat kiprlik ham turklar ham greklar manfaatiga xizmat qilganini bildirdi.

Yevropa parlamentini populistik ritorikadan voz kechib tarixga qarashga chaqirgan Yilmaz, Turkiyaning xalqaro huquqqa muvofiq kafolatchi davlat sifatida harakat qilganini o’z so’ziga ilova etdi.

Kipr Tinchlik harakati

Kipr oroli BMT boshchiligidagi qayta birlashtirish bo'yicha takroriy urinishlarga qaramay kiprliklar greklar bilan turklar o'rtasida o'nlab yillar davomida bo'lingan holda qolmoqda.

1960 - yillarning boshlarida boshlangan jamoalararo zo'ravonlik ko'plab turk kiprliklarni xavfsizlik maqsadida enklavlarga qochishga majbur qildi.

1974 - yili Gretsiyaga qo'shilishni xohlagan kiprlik greklar tomonidan amalga oshirilgan to'ntarish 1960 - yilgi Kafolat shartnomasiga binoan kafolatchi davlat sifatida harakat qilgan Turkiyani Kipr tinchlik amaliyotini boshlashga majbur qildi. Turkiya aralashuvni kiprlik turklarni ta'qib va zo'ravonlikdan himoya qilish maqsadida amalga oshirilganini bildiradi.

ShKTR 1983 - yilda e'lon qilindi

Orolni qayta birlashtirish bo'yicha urinishlar bir necha bor to'xtab qoldi

Kafolatchi davlatlardan Turkiya, Gretsiya va Buyuk Britaniya ishtirok etgan 2017 - yili Shveytsariyada BMT rahbarligida uyushtirilgan muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugadi.

Kiprning grek qismi ma'muriyati 2004 - yili Yevropa ittifoqi tarkibiga qo'shildi; ayni shu yilda kiprlik greklar BMT tomonidan ilgari surilgan qayta birlashtirish rejasini referendumda rad etdi.