TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Hakan Fidan Parijda uyushtirilgan Ukraina sammitida ishtirok etadi
Hakan Fidan Parijda uyushtirilgan Ukraina sammitida Prezident Erdo‘g‘an nomidan ishtirok etadi.
Hakan Fidan Parijda uyushtirilgan Ukraina sammitida ishtirok etadi
_

Tashqi Ishlar vazirligi manbalariga ko‘ra Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan ertaga Ukraina masalasiga bag‘ishlangan Ko‘ngillilar koalitsiyasi yetakchilari sammitida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an nomidan ishtirok etadi.

Parijda bo‘lib o‘tadigan sammitda Fidan 7–8-iyul kunlari Anqarada Ukraina Prezidenti Valadimir Zelenskiy ishtirokida o‘tkazilgan NATO Anqara sammitida qabul qilingan qarorlarning Ukraina uchun ehtimoliy oqibatlarini hamkasblari bilan muhokama qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, Fidan Turkiyaning Ukrainaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor tasdiqlashi, Rossiya – Ukraina urushi ustidan jabhadagi so‘nggi vaziyat hamda urushni yakunlashga qaratilgan diplomatik sa’y - harakatlarning bugungi holati yuzasidan Anqara koz qarashlarini ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashishi rejalashtirilgan.

Fidanning Turkiya Rossiya va Ukraina delegatsiyalarini yana muzokaralar stoliga qaytarishga tayyor ekani, shuningdek, Qora dengizda tinchlik va barqarorlikni saqlash Turkiya uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashi hamda ushbu maqsadga qaratilgan sa’y - harakatlarni qo‘llab - quvvatlashga tayyorligini bildirishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Hakan Fidan Ko‘ngillilar koalitsiyasi doirasida amalga oshiriladigan faoliyat uchun asos bo‘ladigan huquqiy va siyosiy asoslarni aniqlashtirish jarayonida yaqin muvofiqlashtirishni davom ettirish muhimligiga ham e’tibor qaratishi kutilmoqda.