DUNYO
2 daqiqa o'qish
Myanmada harbiyparast partiya xunta saylovida g‘alaba qozondi
Fuqarolar urushi va chetlatishlar soyasidagi xunta saylovi, harbiylarning qonuniylik niqobiga burkanish urinishi sifatida tanqid qilinmoqda.
Myanmada harbiyparast partiya xunta saylovida g‘alaba qozondi
Ittifoq Saylov Komissiyasining (ISK) ko'ngillilari 2026-yil 24-yanvar kuni saylov uchastkasida elektron ovoz berish mashinalarini o'rnatishdi. / AFP

Myanmaning harbiylarni qo‘llab-quvvatlovchi yetakchi partiyasi, demokratiya kuzatuvchilari tomonidan armiya hokimiyatining qayta brendlanishi sifatida tavsiflangan bir oylik ovoz berish jarayonidan so‘ng, xunta tomonidan tashkil etilgan saylovlarda g‘alaba qozondi.

Ittifoqdosh birdamlik va taraqqiyot partiyasidan (USDP) yuqori lavozimli bir mulozim, dushanba kuni, dastlabki natijalarni baham ko‘rish vakolati yo‘qligi sababli ismi oshkor etilmasligi sharti bilan, "Biz allaqachon ko‘pchilikni qo‘lga kiritdik", degan iboralarni ishlatdi.

Mulozim, yakshanba kuni o‘tkazilgan ovoz berishning uchinchi va so‘nggi bosqichidan so‘ng, "Yangi hukumat tuzish mavqeidamiz. Saylovda g‘alaba qozonganimiz uchun olg‘a intilamiz", deb aytdi.

Ko‘pgina tahlilchilar USDPni, 2021-yilda davlat to‘ntarishi qilib Suu Kyi hukumatini ag‘dargan armiyaning fuqarolik tarmog‘i deb ta’riflamoqda. Saylovlarning, to‘ntarish sababli kelib chiqqan ichki urushda isyonchi guruhlar nazoratidagi mamlakatning katta hududlarida o‘tkazilmagani, saylovlar haqiqiyligini shubha ostiga qo‘yuvchilar tomonidan ilgari surilgan yana bir to‘siq bo‘ldi. Rasmiy natijalarning shu hafta oxirrog‘ida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Yangi qonunlar To‘ntarishdan besh yil o‘tib, tahlilchilar armiya o‘z hokimiyatiga fuqarolik qonuniyligi ko‘rinishini berish uchun saylovlarni sahnalashtirganini aytmoqda. Xunta yetakchisi Min Aung Hlaing, yakshanba kuni fuqarolik kiyimida Mandalay shahridagi saylov markazlarini ko‘zdan kechirar ekan, yangi hukumat rahbari sifatida faoliyat yuritish ehtimolini inkor etmadi. Mart oyida Majlis yig‘ilishi bilan deputatlarning ko‘pchilik ovozi orqali ushbu lavozimga saylov o‘tkaziladi.

BMT eksperti Tom Andrews o‘tgan hafta shunday dedi: "Myanma ichidagi saylov natijalari hech shubhasiz bo‘lsa-da, asosiysi xalqaro hamjamiyat beradigan javobdir. Bu firibgarlik urinishining xalqaro miqyosda qabul qilinishi, inqirozga haqiqiy yechim topish jarayonini ortga suradi".

Osiyo erkin saylovlar tarmog‘iga ko‘ra, 2020-yilda o‘rinlarning 90 foizini qo‘lga kiritgan partiyalar bu safar saylov byulletenlarida ishtirok etmadi. Xunta nazoratidagi hududlarda yangi qonunlarga ko‘ra, norozilik yoki saylovga nisbatan tanqidlar 10 yilgacha qamoq bilan jazolanishi belgilab qo‘yilishi natijasida muxolifat yo‘q qilindi. Siyosiy mahbuslarga yordam ko‘rsatish uyushmasi (AAPP) nomli kuzatuv guruhiga ko‘ra, 22.000 dan ortiq kishi xuntaga tegishli qamoqxonalarda saqlanmoqda.