TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Istanbulda TRT World Forum boshlandi
Mazkur nufuzli tadbirda Turkiya Prezidenti Erdoʻgʻan ham ishtirok etmoqda.
Istanbulda TRT World Forum boshlandi
TRT World Forum İstanbul'da başladı

Istanbulda TRT World Forum boshlandi. Anjumanda Prezident Erdoʻgʻan ham ishtirok etmoqda

TRT tomonidan 2017-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan va dunyoning yetakchi namoyandalarini bir joyga jamlayotgan TRT World Forum global muloqotga oʻz hissasini qoʻshishda davom etmoqda.

Istanbul Kongress markazida start olgan forumda Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdoʻgʻan ham ishtirok etmoqda. Shuningdek, akademiklar, jurnalistlar, sportchilar, sanʼatkorlar, siyosatchilar hamda fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari dunyoning eng dolzarb muammolarini muhokama qilish uchun toʻplanishdi.

Forumning birinchi kunida Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, Prezident huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Burhanettin Duran va TRT Bosh direktori Mehmed Zahid Sobaji kirish soʻzi bilan chiqish qiladi.

Yevroosiyo va global kun tartibidagi asosiy maruzachilar

Tadbir doirasida bir qator muhim ochiq muloqotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan:

  • Jevdet Yilmaz (Turkiya Vitse-Prezidenti): “Turkiya: Mintaqaviy kuchdan mintaqalararo ishtirokchiga” mavzusidagi ochiq sessiyada maʼruza qiladi.

  • Ibrahim Kalin (Milliy razvedka tashkiloti (MIT) rahbari): “Xalqaro huquq va insoniy tanazzul kesishmasida Gʻazo” mavzusidagi majlisda nutq soʻzlaydi.

10 yillik tajriba va oʻzgarayotgan kuchlar muvozanati

Yillar davomida xalqaro kun tartibiga oid turli qarashlarni birlashtirib kelayotgan TRT World Forum oʻzining 10 yilligida ham dunyodagi oʻzgarib borayotgan kuchlar muvozanati va yetakchilik tushunchalarini tahlil qilmoqda.

Soʻnggi 10 yil ichida tashkil etilgan 86 ta ochiq va 76 ta yopiq majlisda 801 nafar maʼruzachi minglab ishtirokchilar bilan uchrashib, turli qarash va tajribalar almashish uchun mustahkam maydon yaratildi.

Muhokama qilinadigan asosiy mavzular va sessiyalar

Xalqaro va mintaqaviy ustuvor masalalar koʻrib chiqiladigan forumning bu yilgi drayver mavzulari sirasiga sunʼiy intellekt, energiya inqirozlari, xalqaro huquq va iqtisodiyot kiradi.

Forum doirasida quyidagi sarlavhalar ostida ochiq sessiyalar oʻtkaziladi:

  • “Turkiya: Mintaqaviy kuchdan mintaqalararo ishtirokchiga”

  • “Yuqori xatarli diplomatiyaning qaytishi: Oʻrta kuchlar va yuksalayotgan koʻp qutbli tartib”

  • “Xalqaro tizimda Amerika paradoksi”

  • “Ogʻriqli tiklanish jarayoni sari: Yaqin Sharqdagi urushlardan keyingi milliy iqtisodiyotlar”

  • “Xalqaro huquq va insoniy tanazzul kesishmasida Gʻazo”

  • “Oʻzaro bogʻliqlikning yangi geopolitikasi: Dengiz yoʻllari, tor boʻgʻozlar va koridorlar”

  • “Algoritmlar davrida nazorat kimda? Kompaniyalar, davlatlar va fuqarolar”

  • “Energiya inqirozlarining takroriy zarbalari: Bosim ostidagi institutlar”

  • “Sunʼiy intellekt davrida masʼuliyatni boshqarish”

Bundan tashqari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi xavfsizlik dinamikasidan tortib Yevroosiyo tuzilmalariga, Rossiya-Ukraina urushidan Afrika diplomatik va geoiktisodiy jarayonlarigacha boʻlgan koʻplab mavzular soha mutaxassislari ishtirokidagi davra suhbatlarida atroflicha muhokama qilinadi.