Livan ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Isroilning Livan janubida insonsiz havo transporti orqali amalgi oshirgan hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va yana biri yaralandi.
NNA davlat axborot agentligi chorshanba kuni (05.11.2025) bergan bayonotida, hujum Tir tumanidagi Borj Rahhal - Aabbasiyyah avtomagistralida bir transportni nishonga olganini ma’lum qildi.
Agentlik shuningdek, yana bir Isroil insonsiz havo transporti Vata al - Xiyom chegara hududiga shovqinli granata tashlagani va bu yaqin atrofdagi maktab o‘quvchilari orasida katta vahimaga yo‘l ochganini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Isroil armiyasi hujum haqida bayonot bermadi
Oxirgi haftalarda Livan janubida keskinlik kuchayib bormoqda. Isroil armiyasi o‘tgan 2024 - yilning noyabr oyida kuchga kirgan otashkesim kelishuviga qaramay Livan hududiga deyarli har kuni havo hujumlari uyushtirmoqda. Isroil bu hujumlar Hizbulloh a’zolari va infratuzilmasini nishonga olayotganini iddao etmoqda.
Isroil armiyasi 2023 - yilning oktabr oyida boshlangan va 2024 - yilning sentabrida keng ko‘lamli hujumga aylangan Livan hujumlarida 4 ming nafardan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi, taxminan 17 ming nafar inson yaralandi.
Otashkesim kelishuviga ko‘ra Isroil armiyasi yanvar oyida Livan janubidan butunlay chiqib ketishi kerak edi ammo u beshta chegara postidagi o‘rnini saqlab qolmoqda.













