TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdoʻgʻan BMT Bosh assambleyasida Gʻazoda urush emas genotsid borligiga e'tibor qaratdi
Isroilning Gʻazoga qarshi uyushtirgan hujumlari qariyb 2 yildan beri davom etar ekan Turkiya Respublikasi Prezidenti butun dunyoni unga chora koʻrishga chaqirdi va 23 yildan beri har bir soatda bir bola oʻlayotganiga e’tibor qaratdi.
Erdoʻgʻan BMT Bosh assambleyasida Gʻazoda urush emas genotsid borligiga e'tibor qaratdi
Prezident Erdo‘g‘an BMT Bosh assableyasida nutq soʻzladi.
24 сентябр 2025

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Nyu – Yorkda uyushtirilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqida Isroilni G‘azodagi genotsid sodir etganlikda aybladi va xalqaro hamjamiyatni qon to‘kilishini to‘xtatish uchun shoshilinch ravishda chora ko‘rishga chaqirdi.

Erdoʻgʻan seshanba kuni «Hammamizning koʻzi oldida Gʻazoda 700 kundan koʻp vaqtdan beri genotsid uyushtirilmoqda», - dedi.

«Soʻnggi 23 oy davomida Isroil har soatda bir bolani oʻldirmoqda. Bular raqamlar emas, ularning har biri hayot va begunoh insonlardir» - degan Erdoʻgʻan:

Gʻazodagi insoniy falokat zamonaviy tarixda misli koʻrilmagan hodisa ekanini ifoda etgan holda ikki va uch yoshli bolalarning anesteziyasiz oyoq - qoʻllaridan ayrilganini ta’kidladi.

U dunyo liderlariga murojaat qilar ekan, «Bu insoniyatning eng past nuqtasi», - dedi va «Gʻazoda urush yoʻq, ikki tomon yoʻq. Bu ishgʻol, genotsid va ommaviy qotillik siyosatidir», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Falastin xalqi nomidan gapiryapman

Turkiya Prezidenti Falastin davlatini tan olgan davlatlarga minnatdorchilik bildirib, qolganlarini ham vaqtni qoʻldan boy bermay qadam tashlashga chaqirdi.

Falastin Prezidenti Mahmud Abbosning Nyu – Yorkka kelmaganidan hijolatda ekanini ifoda etgan Erdoʻgʻan, Turkiya, ovozi oʻchirilgan Falastin xalqi nomidan gapirayotganini ta’kidladi.

Erdo‘g‘an G‘azoda zudlik bilan otashkesimni yoʻlga qoʻyish, insonparvarlik yordamiga bemalol erishish va Isroilning genotsid to‘dasi sifatida ta’riflagan guruhini esa javobgarchilikka tortishga chaqirdi.

Isroilni hujumlari orqali G‘azo va bosib olingan G‘arbiy Sohildan Suriya, Eron, Yaman, Livan va Qatargacha kengaytirish orqali mintaqa barqarorligiga tahdid solayotganlikda aybladi.

«Va’da qilingan tuproq gʻoyasi bilan band boʻlgan Isroil hukumati oʻzining ekspansionistik siyosati bilan mintaqa tinchligi va insoniyatning mushtarak yutuqlariga putur yetkazmoqda» - degan Erdoʻgʻan Netanyaxuning tinchlik yoki mahbuslarni ozod etishdek niyati yoʻqligini oʻz soʻziga ilova etdi.

Chorasiz falastinliklarning yonida boʻling

Turkiya lideri dunyo liderlarini odamgarchilik uchun qarorlilik bilan mazlum falastinliklar yonida boʻlishga chaqirar ekan Isroil hujumlari eng asosiy inson huquqlari, jumladan, ayollar va bolalar huquqlari, so‘z erkinligi, tenglik va adolatni yo‘q qilganini ta’kidladi.

«Bolalar ochlikdan, dori - darmon yetishmasligidan o‘layotgan dunyoda tinchlik bo‘lishi mumkinmi? - degan savolga e’tibor qaratgan Erdogʻan: «Inson bolasi oxirgi asrda bunday vahshiylikka guvoh bo‘lmagandi» - degan ifodalarga oʻrin berdi.