Pokiston poytaxti Islomoboddagi shifoxonaning chaqaloqlar bo‘limida yuz bergan yong‘inda dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 15 nafar chaqaloq halok bo‘ldi.
Geo News telekanali xabariga ko‘ra Islomoboddagi Pokiston Tibbiyot fanlari institutida (PIMS) joylashgan chaqaloqlar bo‘limida konditsioner kompressori portlashi ortidan mahalliy vaqt bilan soat 06:45 da yong‘in kelib chiqqan.
Rasmiylar yong‘in vaqtida bo‘limda bo‘lgan chaqaloqlardan bir nafari qutqarilgani, 15 nafari esa halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Qutqaruv guruhlari yong‘in o‘chirilgani va hodisa joyida sovitish ishlari davom etayotganini bildirdi. Yong‘in sabablarini aniqlash maqsadida tergov komissiyasi tuzilgani qayd etildi.






















