TURK DUNYOSI
1 daqiqa o'qish
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmazni qabul qildi
Toshkentda O‘zbekiston–Turkiya strategik sherikligi va yangi investitsiyalar muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmazni qabul qildi
Cumhurbaşkanı Yardımcısı Yılmaz, Özbekistan'da / Anadolu Agency (Wire)

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmazni qabul qildi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik, savdo-iqtisodiy aloqalar hamda mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan muloqotda Turkiya Sanoat va texnologiyalar vaziri Mehmet Fotih Kajir, Transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir O‘ralo‘g‘li hamda Turkiyaning Toshkentdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ufuq Ulutash ham ishtirok etdi.

Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida mazkur uchrashuv yakunlari haqida quyidagilarni yozib qoldirdi:

“Uchrashuvimizda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sherikligimiz, iqtisodiy va savdo aloqalarimiz, mudofaa sanoati sohasidagi hamkorligimiz hamda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida olib borayotgan qo‘shma ishlarimizni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldik. O‘tgan oyda Prezidentimiz hurmatli Rejep Tayyip Erdo‘g‘an va hurmatli Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan kelishuv asosida tashkil etilgan Ishbilarmon doiralarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Oliy darajadagi kengash mamlakatlarimiz o‘rtasidagi investitsiya va savdo munosabatlariga yangi sur’at bag‘ishlashiga ishonamiz.

Hurmatli Prezidentga shaxsan menga va delegatsiyamizga ko‘rsatgan iliq mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildiraman. Shuningdek, uchrashuvimizda ishtirok etgan, Kengashga birgalikda hamraislik qilayotganimiz O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari hurmatli Saida Mirziyoyevaga hamkorligimizni rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun alohida tashakkur izhor etaman”.