Isroil tomonidan G‘azo janubida joylashgan Xon Yunus shahrining g‘arbida joylashgan al - Mavosiy hududida o‘z uy - joyidan ko‘chirilgan falastinliklar jon saqlagan lagerni nishonga olgan hujum uyushtirildi. Oqibatida falastinlik bir ayol bilan bir bola halok bo‘ldi, kamida 22 kishi tan jarohati oldi.
Tibbiy manbaning Anado‘lu axborot agentligiga ma’lum qilishicha, Isroilning al - Mavasida o‘z uy - joyidan ko‘chirilgan falastinliklar joylashgan Ghaith lageriga bergan zarbasi natijasida 31 yoshli ayol bilan 6 yashar bir qizaloq halok bo‘lgan.
Manbalarga ko‘ra, hujumda asosan ayollar va bolalardan iborat 20 kishi yaralangan.
Mahalliy manbalar va guvohlarning aytishicha Isroil bombardimoni aholi zich joylashgan lagerdagi ko‘plab chodirlarni nishonga olgan va hujum oqibatida turli darajadagi jarohatlar yuzaga kelgan.
G‘azoning markaziy qismida esa mahalliy manbalarga ko‘ra Isroil tomonidan tong saharlab Maghazi muhojirlar lageridagi bir uyni nishonga olgan havo hujumida falastinlik ikki kishi yaralangan.
G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra kelishib olingan otashkesimga qaramay uyushtirilgan hujumlar yuzasidan falastinlik 904 kishi halok bo‘lar ekan, 2 ming 713 kishi tan jarohati olgan.
Mazkur kelishuvdan maqsad, 2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroil tomonidan uyushtirilgan hujumlarni to‘xtatishdir. Chunki yuqorida nomi tilga olingan voqealar yuzasidan, nomi tilga olingan vaqtdan beri G‘azo sektorida 72 ming nafardan ortiq inson halok bo‘lar ekan, 172 ming nafardan ortiq inson tan jarohati oldi. Shuningdek, G‘azo sektorining qariyb 90 foizi yer bilan yakson qilindi.















