TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya va Suriya Damashqda 10 milliard dollarlik savdo maqsadini muhokama qildi
Turkiya Respublikasi savdo vaziri O‘mer Bo’lat Suriya rasmiylari bilan savdo aloqalari va sarmoya imkoniyatlarini muhokama qilish uchun Damashqqa tashrif buyurdi.
Turkiya va Suriya Damashqda 10 milliard dollarlik savdo maqsadini muhokama qildi
Turkiya savdo vaziri O‘mer Bolat 2026-yil 26-avgust kuni bo‘lib o‘tgan “Turkiya–Suriya savdo delegatsiyasi va B2B uchrashuvlari” tadbirida nutq so‘zlamoqda. / َAA

Turkiya Respublikasi savdo vaziri O‘mer Bo’lat 63-Damashq xalqaro yarmarkasi doirasida Suriya iqtisodiyot va sanoat vaziri Nidal ash-Shaar bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazish maqsadida amalga oshiriladigan qadamlar muhokama qilindi.

Bolat chorshanba kuni Turkiyaning NSosyal ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida qilgan bayonotida, uchrashuvda, ayniqsa, transport va bojxona darvozalarida savdoni yengillashtirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqilganini bildirdi. Shuningdek, Turkiya xususiy sektori Suriyani qayta tiklash jarayonida qanday rol o‘ynashi mumkinligi ham muhokama qilindi.

Ikki vazir aprel oyida o‘tkazilgan Turkiya–Suriya qo‘shma iqtisodiy va savdo komissiyasi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasidagi qat’iyatlarini yana bir bor tasdiqladi.

Bo’lat keyinchalik Suriya investitsiya agentligining yangi rahbari Ahmad Ravad Ramadan bilan uchrashib, turk kompaniyalarining Suriyadagi sarmoya rejalari va mavjud imkoniyatlarni muhokama qildi.

Uchrashuvda sarmoya muhitini yanada barqaror va oldindan bashorat qilish mumkin bo‘lgan holga keltirish uchun amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qadamlar, shuningdek, Suriyaning Kamune va Saroqib hududlaridagi uyushgan sanoat zonalariga kiritilishi rejalashtirilayotgan sarmoyalar ko‘rib chiqildi.

Bo’lat Ramadanning turk ishbilarmon doiralarini yaqindan tanishi Turkiya va Suriya o‘rtasidagi sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirishga muhim hissa qo‘shishini ta’kidladi.

Yig‘ilishda qatnashgan turk ishbilarmonlari ham mintaqada ishlab chiqarish va bandlikni oshirishga doir umidlari hamda uzoq muddatli sarmoya rejalarini bayon qildi.

Boxabar bo'ling!
Duran Isroil mudofaa vaziri Katsning bayonotlariga munosabat bildirdi
ASELSAN dronlarga qarshi kurashuvchi GOKALP tizimini taqdim etdi
Turkiya 15 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqladi
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Yevropa Ittifoqini tanqid qildi
MIT rahbari Kalin Suriya tashqi ishlar vaziri Shayboniy bilan uchrashdi
Turkiya va Xitoy sun'iy yo'ldosh texnologiyalari bo'yicha kelishuv imzoladi
CNN: Istanbul aeroporti Londonni ortda qoldirib, dunyoda birinchi bo'ldi
Pokiston armiyasi Saudiya Arabistonida qo‘shinlari joylashtirilganini tasdiqladi
Erdo‘g‘an Putin bilan Qora dengiz xavfsizligi va Ukraina masalasini muhokama qildi
Prezident Erdo‘g‘an Istanbulning ishg‘oldan ozod etilganining 103 yilligini nishonladi
Turkiyadan Isroilning Suriyadagi hududiy buzilishlariga keskin munosabat
ASELSAN gibrid havo mudofaa tizimlari bo'yicha 2,75 milliard dollarlik shartnoma imzoladi
77-Xalqaro kosmik kongress Antaliyada boshlandi
Kosmik hamkorlik bo'yicha Antaliya deklaratsiyasi 21 davlat tomonidan qabul qilindi
Erdo'g'an: Turkiya mudofaa sanoatida "katta inqilob" qilmoqda
Prezident Erdo‘g‘andan Turk davlatlari hamkorlik kuni munosabati bilan tabrik
Trump Turkiyaga nisbatan CAATSA sanksiyalarini bekor qilishga ijobiy qaradi
Guler: “Kavkaz xavfsizligi uch mamlakat xavfsizligi bilan chambarchas bog‘liq”
Guler Ozarbayjon va Gruziya mudofaa vazirlari bilan uchrashdi
Aviatsiya, kosmos va texnologiya festivali (TEKNOFEST) Shanliurfa GAP aeroportida davom etmoqda