DUNYO
1 daqiqa o'qish
Ukraina hujumi oqibatida rossiyalik ikki kishi halok bo‘ldi
Ukrainaning insonsiz havo hujumi oqibatida rossiyalik ikki nafar tinch aholi halok bo‘lgani qayd etildi.
Ukraina hujumi oqibatida rossiyalik ikki kishi halok bo‘ldi
_
2 феврал 2026

Viloyat gubernatori dushanba kuni bergan bayonotida Ukrainaga tegishli insonsiz havo tranporti hujumi oqibatida Rossiyaning chegara hududi hisoblangan Belgorod viloyatida ikki nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Gubernator Vyacheslav Gladkov Telegram orqali bergan xabarida, tunda amalga oshirilgan hujum Ukrainaning shimolidagi chegaraga yaqin joylashgan Stariy Oskol shaharchasida bir turar joy binosiga borib urilgani, natijada yong‘in kelib chiqqani va bino qisman qulab tushganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyida ishlayotgan qutqaruvchilar ikki kishining jasadini topgan.

Qariyb to‘rt yildan buyon davom etayotgan urush davomida Moskvaning deyarli har kuni amalga oshirayotgan bombardimonlariga javoban Ukraina Rossiya hududlariga, asosan energetika sohasini nishonga olgan holda, insonsiz havo transportlarini yubormoqda.

Rossiya esa Ukrainaning elektr va isitish infratuzilmasini nishonga olib, havo harorati –20 °C gacha tushgan bir paytda aholining qorong‘ulik va sovuqqa duchor bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Yakshanba kuni Ukrainaning markaziy qismidagi Dnipropetrovsk viloyatida konchilarni olib ketayotgan avtobusga qarshi uyushtirilgan Rossiya insonsiz havo transporti hujumi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi.

Boxabar bo'ling!
Rossiya Jeneva muzokaralari oldidan Ukrainaga tegishli 151 dironni qaytarganini bildirdi
Isroilning G‘arbiy qirg‘oqdagi yerlarni egallashi xalqaro huquqni ochiqdan-ochiq buzishdir
BMT ekspertlari Epshteyn hujjatlari bo‘yicha xalqaro tergov o‘tkazishga chaqirdi
Xitoyda Yangi yil arafasida halokatli portlash yuz berdi
Eron AQShni yadroviy muloqotda mustaqil qaror chiqarishga chaqirdi
Isroil tomonidan Livan - Suriya chegarasida hujum uyushtirildi
Isroil Livan janubiga qarshi yana hujum uyushtirdi
Rossiya: BRICS Harbiy Ittifoqqa Aylanish Iddealarini Rad Etmoqda
Donald Trump: Eron bilan yadro so‘zlashuvlarida muvaffaqiyat kaliti "qorquv" bo‘lishi mumkin
Isroil hukumati Ramazon oyida Masjidi Aqsaga musulmonlar kirishini cheklashni rejalashtirmoqda
Bangladesh Milliyatchi Partiyasi yakshanbagacha yangi hukumatni tuzadi
Tehron minglab kishilar halok bo‘lgan namoyishlardan so‘ng tergov komissiyasi tuzdi
Eron bilan Yadroviy muzokaralar vaqtida AQSH floti Yaqin Sharqqa yo‘l olmoqda
“Buldozer siyosati” xavotir uyg‘otayotgan bir paytda global yetakchilar Myunxenda to‘planmoqda
Kolumbiyada sel falokati yuzasidan favqulodda holat e'lon qilindi
AQSH va Meksika Tinch okeanida hamkorlikda bir necha tonna kokainni qo‘lga oldi
Isroil prezidentining Avstraliyaga tashrifi arafasida namoyish bo'lib o'tdi
Rossiya harbiy obyektiga urilgan raketa tufayli atrofdagi qishloq aholisi evakuatsiya qilindi
Sudanda Nil daryosida yuz bergan fojiada 15 kishi halok bo‘ldi
Pezeshkiyan:  Eron yadro dasturi bo‘yicha kelgan talablarga bo‘ysunmaydi