TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: G‘azzoning tiklanishi zarur, Turkiya barqaror tinchlik uchun harakat qilmoqda
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’an Turkiya Hamas va Isroil o‘rtasidagi kelishuvni saqlab qolish hamda barqaror tinchlik yo‘lini ochish uchun jiddiy sa’y-harakatlar qilayotganini aytdi.
Erdo‘g‘an: G‘azzoning tiklanishi zarur, Turkiya barqaror tinchlik uchun harakat qilmoqda
Erdogan
17 октябр 2025

Erdo’g’an G‘azzo shahrining zudlik bilan tiklanishi va qayta qurilishi lozimligini ta’kidlab, mavjud Hamas-Isroil kelishuvi orqali doimiy tinchlikka hissa qo‘shish maqsadida Turkiya faol ishlayotganini urg‘uladi.
Juma kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan 5-Turkiya-Afrika Ish va Iqtisodiy Forumi chog‘ida u shunday dedi:
“Isroilning o‘tmishdagi xatti-harakatlari bois biz ehtiyotkorlik bilan yondashyapmiz; G‘azzoning tezkor tiklanishga va qayta qurilishka ehtiyoji bor.”
Shuningdek, Erdo’g’an Turkiya kelishuvning davom etishi va barqaror tinchlik yo‘lini ochish uchun izchil harakat qilayotganini qo‘shimcha qildi.

Sudandagi qon to‘kilishi to‘xtasin

Sudandagi davom etayotgan inqiroz haqida so‘zlar ekan, Erdo’g’an to‘qnashuvlardan chuqur tashvish bildirdi hamda o‘t ochishni to‘xtatish va barqaror tinchlik umidini ifoda etdi.
U xalqaro hamjamiyat Sudandagi fojia e’tibordan chetda qolayotganini qayd etib, “Qon to‘kilishini to‘xtatish har bir insonning axloqiy burchidir,” dedi.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, “Afsuski, G‘arb dunyosi Afrikadagi fuqarolar urushlari, nizolar va kelishmovchiliklarni qit’aning taqdiri sifatida qabul qiladi.”

2023-yil aprel oyidan beri Sudan armiyasi bilan tezkor yordam kuchlari (RSF) o‘rtasidagi janglarda BMT va mahalliy manbalarga ko‘ra 20 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, qariyb 15 million kishi o‘z uy-joyini tark etgan. AQSh universitetlarining tadqiqotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 130 ming atrofida deb baholanmoqda.

 

Boxabar bo'ling!
Turk olimi jamoasi yashashga yaroqli yangi sayyoralarni topdi
Erdo‘g‘an Ataturkni yod etishga bag‘ishlangan marosimga yetakchilik qildi
Turkiya, Ataturkning Salonikdagi uyini qayta ochib, asoschisining merosini sharafladi
Turkiya o‘z asoschisi Ataturkni vafotining 87-yilligida yodga oldi
Istanbulda «Gʻazoning kelajagi» xalqaro sammiti boʻlib oʻtadi
Turk hay’ati vaqti – vaqti bilan toʻxtab qolgan muzokaralar uchun Afgʻonistonga boradi
Hakan Fidan ertaga AQShga tashrif uyushtiradi
Erdoʻgʻan: AQSh F - 35 masalasi ustidan oʻz majburiyatlarini bajaradi degan umiddaman
Turkiya kiber josuslik reydlarida ikki gumonlanuvchini qo‘lga oldi
Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Qorabog‘dagi g‘alabasi Kavkazda tinchlik uchun muhim rol o‘ynaydi
Turkiya G‘azodagi genotsid sababli Netanyahu va 36 shaxsga nisbatan hibs buyrug‘i chiqardi
Prezident Erdo‘g‘an va Liviya Bosh vaziri Dibeyba ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildilar
TRT World Digital 2025-yilgi Lovie mukofotlarida katta yutuqqa erishdi
THY Ispaniyaning Air Europa aviakompaniyasining 355 million dollarlik ulushini sotib oldi
Turkiya G‘azodagi otashkesimning davom etishi tarafdori
Ibrahim Kalin Istanbulda Hamas hay’atini qabul qildi
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Finlandiyaga tashrif buyurdi
Turkiyaning mudofaa eksporti 31 foizga o'sib, 6,7 milliard dollarni tashkil qildi
Turkiya noyabrda Suriya bilan tranzit savdoni yo‘lga qo‘yadi
Turkiya Yevropa bilan mudofaa loyihalari bo'yicha  hamkorlikni kuchaytiradi