TURK DUNYOSI
1 daqiqa o'qish
Aliyev Pezeshkiyanni tabrikladi
Aliyev bilan Pezeshkiyan telefon orqali muloqot qildi.
Aliyev Pezeshkiyanni tabrikladi
_

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Eron Prezidenti Mesud Pezeshkiyan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ozarbayjon Prezident Administratsiyasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Aliyev Pezeshkiyanga telefon orqali qo‘ng‘iroq qildi.

Aliyev Pezeshkiyanni tavallud kuni munosabati bilan tabriklab, unga sihat - salomatlik, uzoq umr va faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Pezeshkiyan ham ko‘rsatgan e’tibori va tabrigi uchun Aliyevga minnatdorchilik bildirdi.

Liderlar Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida o‘tkazgan so‘nggi uchrashuvlari va unda muhokama qilingan masalalarni mamnuniyat bilan yodga oldilar.

Suhbat davomida, shuningdek, Ozarbayjon hukumatidan iborat delegatsiya ayni paytda Eronda bo‘lib, ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borayotgani qayd etildi.