TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Fidan: Turkiya tinchlik va farovonlik yo‘lidagi sa’y – harakatlarini davom ettiradi
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Turkiya 2026 - yili ham tinchlik va farovonlik yo‘lidagi diplomatik sa’y – harakatlarini davom ettirishini qayd etdi.
Fidan: Turkiya tinchlik va farovonlik yo‘lidagi sa’y – harakatlarini davom ettiradi
_
1 январ 2026

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan yangi yil munosabati bilan yo‘llagan tabrigida, Turkiya 2026 - yili tinchlik, barqarorlik va farovonlik yo‘lida olib borilayotgan sa’y - harakatlarda yetakchilikni davom ettirishi va ko‘p tomonlama diplomatiyani mustahkamlashi hamda insoniy mas’uliyatlarini ado etishini ta’kidladi.

Fidan kecha (31.12.2025) yangi ijtimoiy tarmoq platformasi NSosyal va avval Twitter degan nom bilan tanilgan X tarmog‘ida e’lon qilgan bayonotida, Turkiya o‘tgan yili G‘azo va Ukrainadan tortib Janubiy Kavkaz hamda Afrika Shoxi hududigacha bo‘lgan keng geografiyada ishonchli ishtirokchi va inqirozlarni hal etishda murojaat qilinadigan muhim manzil sifatida alohida o‘rin tutganini bildirdi.

Uning soʻzlariga ko‘ra, Anqara, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan rahbarligida milliy manfaatlarni himoya qilish va Turkiyaning haqli da’volarini qoʻllab - quvvatlashni maqsad qilgan koʻp qirrali, faol, muvozanatli va realistik tashqi siyosat olib bormoqda.

«Milliy manfaatlarimizni himoya qilish, haqli da’volarimizni qo‘llab - quvvatlash va Turkiyaning ta’sirini his ettirish uchun tinimsiz mehnat qildik», — dedi Hakan Fidan. U oʻz so‘zida shuningdek: «2026 - yili ham xuddi shu qat’iyat bilan tinchlik, barqarorlik va farovonlik yo‘lidagi sa’y - harakatlarga yetakchilik qilishda, ko‘p tomonlama diplomatiyaga hissa qo‘shish va insoniy mas’uliyatlarimizni bajarishda davom etamiz» - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan shunga qoʻshimcha ravishda mamlakat ichida va xorijda yashayotgan fuqarolarga yangi yil tabriklarini yo‘llab; 2026 - yil Turkiya, turk xalqi va butun insoniyat uchun tinchlik hamda ezgulik olib kelishini tiladi.

 

Boxabar bo'ling!
Turkiya: Eron adolatsiz va noqonuniy hujumga duch kelmoqda
Erdo‘g‘an Eronda tinch aholi talofatlarini qoralab, to‘qnashuvlarni to‘xtatishga chaqirdi
Turkiya kompaniyalari Eron, Iroq, Suriya, Livan va Iordaniyaga reyslarni to'xtatdi
Mintaqaviy keskinliklar avj olar ekan, Turkiya va Eron kundalik chegara o‘tishlarini to‘xtatdi
Erdo'g‘an va Yevrokomissiya rahbari Eron atrofidagi keskinlikni muhokama qildi
Erdo'g'an Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi bilan Erondagi vaziyatni muhokama qildi
Erdo‘g‘an Yaqin Sharqdagi hujumlar ustidan tomonlarni qoraladi
Turkiya TIV Eron bo‘yicha diplomatik maslahatlashuvlar o‘tkazdi
Turkiya COP31 oldidan iqlim inqirozi bo'yicha nodavlat tashkilotlar bilan maslahatlashdi
Hakan Fidan Islom Hamkorlik Tashkiloti diplomatlarini qabul qildi
Turkiya Ukrainadagi urushni to'xtatish uchun diplomatiyani kuchaytirmoqchi
Erdo'g'an Turkiyada F-16 halokati bo'yicha tergov boshlanganini ma'lum qildi
Balikesir viloyatidagi samolyot halokatida uchuvchi shahid bo‘ldi
Turkiya Isroilning oxirgi qarorlarini keskin qoraladi
Turkiya va Pokiston xavfsizlik bo'yicha hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi
Turkiyaning Kizilelma UUAsi ASELSAN’ning yangi elektron qalqoni bilan kuchaytirildi
Turkiya Sudanda doimiy o‘t ochishni to‘xtatish va qamrovli siyosiy jarayonga chaqirdi
Erdog‘an: Turkiya o‘z chegaralaridan tashqaridagi tahdidlarni manbasida yo‘q qilmoqda
Turkiya Gretsiya va Chevron o‘rtasidagi gaz kelishuvini qoraladi
Turkiya bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Isroil harakatini qoraladi