DUNYO
1 daqiqa o'qish
Qotil Isroilning G‘azoga hujumlarida so‘nggi 48 soatda 6 falastinlik halok bo‘ldi
Qotil Isroil armiyasining G‘azo sektoriga hujumlarida so‘nggi 48 soatda 6 falastinlik halok bo‘ldi, 43 kishi yaralandi.
Qotil Isroilning G‘azoga hujumlarida so‘nggi 48 soatda 6 falastinlik halok bo‘ldi
G‘azoda Isroil hujumi oqibatida og‘ir yaralangan falastinlik bola.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida Isroilning 2023-yil oktabridan buyon G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlaridagi qurbonlar haqida so‘nggi ma’lumotlar e’lon qilindi.

Bayonotda Isroil hujumlari oqibatida so‘nggi 48 soatda G‘azodagi shifoxonalarga 6 kishining jasadi olib kelingani, 43 kishi yaralangani bildirildi.

2025-yil oktabrida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganidan buyon Isroil hujumlarida halok bo‘lganlar soni 1 ming 511 nafarga, yaralanganlar soni esa 5 ming 375 nafarga yetgani qayd etildi. Shu davrda vayronalar ostidan 838 kishining jasadi chiqarilgani ma’lum qilindi.

Bayonotda Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari boshlanganidan buyon halok bo‘lganlarning umumiy soni 74 ming 469 nafarga, yaralanganlar soni esa 175 ming 492 nafarga yetgani bildirildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Sud-tibbiyot muassasasi 10-oktabrdan buyon bedarak yo‘qolganlarga oid hujjatlar va xabarlarni o‘rganishi natijasida shaxsi tasdiqlangan yana 67 kishi halok bo‘lganlarning umumiy soniga qo‘shilganini ma’lum qildi.