Karni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Tramp bilan telefon orqali muloqot qilganini ma’lum qildi.
AQSh bilan Kanada o‘rtasidagi savdo aloqalarining kelajagi haqida «yaxshi» suhbat o‘tkazganini bildirgan Karni, mavzu haqida quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:
«Bu suhbat ishchilarimiz uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish, oilalarning xarid qobiliyatini oshirish, shuningdek, Kanadaning tillari, madaniyati va suverenitetiga to‘liq hurmat ko‘rsatishni nazarda tutuvchi; har ikki tomon uchun ham manfaatli savdo kelishuvining asosiy tamoyillari yuzasidan yaqinda o‘tkazgan konstruktiv muloqotlarimizning davomi bo‘ldi».
Karni, jamolari kelgusi haftalarda ushbu yo‘nalishda natijaga erishish uchun ish olib borishini bildirdi.
AQSh bilan Kanada o‘rtasida, ayniqsa Trampning ikkinchi prezidentlik davrida, bojxona tariflari va savdo siyosati sababli keskinlik kuchaygan edi.
Kanada Bosh vaziri Karni 27 - oktabr kuni AQSh bilan savdo kelishuvi bo‘yicha muzokaralarga munosabat bildirib, AQShning «qizil chiziqlari» qabul qilingan taqdirda kelishuvga erishish imkoniyati ortishini ifoda etgan edi.
AQSh Prezidenti Tramp esa Michigan shtatidagi saylovoldi nutqi chog‘ida Kanada bilan savdo masalasi yaqin orada hal etilishiga e’tibor qaratgan edi.




















