Isroilning KAN milliy telekanali tomonidan chorshanba kuni berilgan xabarga ko‘ra, Isroil, halok bo‘lgan to‘rt nafar mahbusning jasadini topshirishi ortidan G‘azo va Misr o‘rtasidagi Rafoh chegara punktini ochish va G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazib berilishiga ruxsat berishga qaror qildi.
Xabarda, Isroilning Hamasga qarshi rejalashtirgan va mintaqaga kirgan yuk tashuvchi mashinalar sonini yarmigacha kamaytirish niyatidan voz kechgani ham ifoda etildi.
Rafoh o‘tish joyini yopiq qoldirish haqidagi avvalgi qaror Hamasning AQSh o‘rtamchiligidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi doirasida qo‘lidagi mahbuslarning jasadlarini topshirmasligi va ular o‘rnini aniqlash murakkab ekanini aytishi ortidan qabul qilingan edi.
Isroil, yordam ashyolari yuk tashuvchi mashinalardan chegaraning Falastin tomonidan tushirilishi va ortidan G‘azodagi BMT va boshqa yordam agentliklari tomonidan yig‘ilishini talab qilmoqda.
UNICEF Matbuot xizmati kotibi Rikardo Pires, «Barcha chegara punktlari ochiq bo‘lishi kerak. Rafoh darvozasi qancha vaqt yopiq tursa, G‘azodagi azob - uqubatlar ayniqsa janubdagi o‘z uy - joyidan ko‘chirilgan insonlar uchun shunchalik uzoq davom etadi», - dedi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp dushanba kuni Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarini to‘xtatganini e’lon qildi. Isroillik so‘nggi mahbuslarning falastinlik mahbuslar bilan almashilishi, yordam yuklarining mintaqaga yana - da tezroq yetkazib berilishi haqidagi umidlarni kuchaytirdi. Global ochlik nazorati tashkiloti, yuz minglab inson ochlikdan o‘lish xavfi ostida ekanini qayd etdi.
Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi (XQXQ) Matbuot xizmati kotibi Kristian Kardon seshanba kuni bergan bayonotida: «Shu vaqtgacha atigi bir nechta yuk tashuvchi mashina kelganini ko‘rdik va ularga yaqinlashayotgan katta olomon, o‘zini insoniy standartlarga mutlaqo mos kelmaydigan tarzda tutmoqda», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
BMTning Jahon oziq - ovqat dasturi (WFP) seshanba kuni xabar berishicha, dam olish kunlaridan buyon mintaqaga 137 ta yuk mashinasi kelgan. Yordam agentliklari G‘azoda bir necha haftadan beri yordam ola olmagan 400 000 kishiga tez yordam yetkazib berishni maqsad qilgan.

















