SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Ozarbayjon bilan Britaniyaning mudofaa sohalarida yangi sahifa ochilgani qayd etildi
Ilhom Aliyev poytaxt Bokuda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining davlat vaziri Lord Vernon Coakerni qabul qildi.
Ozarbayjon bilan Britaniyaning mudofaa sohalarida yangi sahifa ochilgani qayd etildi
_
5 декабр 2025

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Bokuda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining davlat vaziri Lord Vernon Coakerni qabul qildi; Prezident matbuot xizmatiga kora ushbu qabulda, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati mavzu haqida payshanba kuni (04.12.2025) bergan bayonotiga kora, Coaker ikki davlat ortasidagi munosabatlar dostlik va ishonchga asoslanganini ta’kidlagan holda strategik hamkorlik sohasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga qiziqishini bildirgan.

Aliyev Ozarbayjon bilan Buyuk Britaniya ortasidagi uzoq yillik hamkorlikni nazarda tutgan holda hamkorlik dastlab energetika sohasida boshlangani, keyinchalik esa koplab yonalishlarga yoyilganini qayd etdi. U savdo, investitsiya va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun yaxshi imkoniyatlar borligiga esa alohida e’tibor qaratdi.

Mudofaa sanoati borasidagi hamkorlikni ham tilga olgan Aliyev, Boku bilan London ortasida yangi sahifa ochilishini ozaro ishonchning belgisi sifatida baholadi.

Coaker, joriy yilning avgust oyida Vashingtonda Ozarbayjon bilan Armaniston ortasidagi munosabatlarni normallashtirish va tinchlik kun tartibini ilgari surish boyicha erishilgan ijobiy natijalar bilan Aliyevni tabrikladi.

Aliyev esa ushbu jarayonni “tarixiy” deb baholagan holda, erishilgan yutuqda Qoshma Shtatlar Prezidenti Donald Trampning oziga xos orni borligini ta’kidladi. U shuningdek, tinchlik kun tartibini aynan Ozarbayjon boshlab bergani va uni davom ettirishda qarorli ekanliklarini yana bir bor takrorladi.