Vazirlikning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qilingan bayonotda, bundan 33 yil muqaddam sodir bo‘lgan va irqchilikka asoslangan Zo‘lingen hujumida halok bo‘lgan 5 nafar fuqaro hurmat va rahmat bilan yod etildi.
«Ushbu hujumda oila a’zolarini yo‘qotishiga qaramay vazminlik va osoyishtalikka chaqiruvchi murojaatlari bilan barchaga namuna bo‘lgan, 2022 - yili vafot etgan Bilge Ona Mevlude Genchni ham shu munosabat bilan yana bir bor hurmat va minnatdorchilik bilan yod etamiz» - degan ifodalarga o‘rin berilgan bayonotda Turkiyaning kuchayib borayotgan irqchilik, ksenofobiya va islomga qarshi kurashini har bir platformada qat’iyat bilan davom ettirishi ta’kidlandi.
Zo‘lingen fojiasi
1993 - yilning 29 - mayi kuni Germaniya shimolidagi Ren - Vestfaliya yeridagi Zo‘lingen shahrida Gench oilasining Untere Verner ko‘chasidagi uyi yoqib yuborilgan edi. Hujum oqibatida Gursun Inje (28), Gulustan O‘zturk (12), Hatije Gench (19), Hulya Gench (9) va Saime Gench (5) halok bo‘lgan.
Qo‘lga olingan jinoyatchilar — Markus Gartmann, Felix Kyo‘nen, Kristian Reer va Kristian Buxgolts sud tomonidan tayinlangan qamoq jazolarini o‘tab bo‘lgach, ozodlikka chiqarilgan. Shaxslari yashirin tutilayotgan hujumchilar hozir ham Germaniyada umr surmoqda.
Irqchilik asosidagi o‘t qo‘yish hujumida 5 nafar farzandini yo‘qotishiga qaramay, yillar davomida turk va nemis jamiyatining birlik hamda hamjihatligi haqida murojaatlar qilgan Mevlude Gench 2022 - yilning 30 - oktabrida vafot etdi.




















