Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi bugun (20.10.2025) bergan bayonotida Ukrainadagi urushni toʻxtatish bo‘yicha tuzilgan har qanday tinchlik kelishuvi, muammoni butunlay hal qilishni ko‘zlashi va buning uchun urushning eng asosiy sababi qo‘lga olinishi zarur ekanini bildird. Bu bayonot Yevropa ittifoqi tomonidan Moskvaga nisbatan yangi sanksiyalar paketi tayyorlayotgan bir paytda qayd etildi.
Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Mariya Zaxarova davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlangan TASS axborot agentligiga bergan intervyusida: «Biz urushning eng asosiy sabablari haqida gapirdik. Maqsadimiz urushni uzatish emas; kelishuv eng asosiy, uzoq muddatli va tinchlikni kafolatlagan natija berishi uchun albatta», - dedi
Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar
Bu bayonotlar Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlarining Lyuksemburgda o‘tkazgan yig‘ilishi chog‘ida qayd etildi. Yevropa ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaja Kallasning aytishicha, blok tomonidan Rossiyaga nisbatan yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan 19 - sanksiya paketi shu hafta tasdiqlanishi mumkin.
Kallas, shuningdek, AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin o‘rtasida Budapeshtda bo‘lib o‘tish ehtimoli bo‘lgan uchrashuvni tanqid qilgan holda voqea haqidagi fikrni «nomaqbul» deb baholadi.
Eslatib o‘tamiz 2022 - yilning fevral oyida Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida urush boshlanganidan beri Yevropa ittifoqi Moskvaning moliya, energetika va mudofaa sohalari hamda Kremlga yaqin bo‘lgan asosiy amaldorlar bilan oligarxlarni ko‘zlagan bir necha sanksiya paketlarini joriy qildi.










