SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Vitkoff Putinga urushni to‘xtatish borasidagi yangi taklifni taqdim etadi
Stiv Vitkoff, Vladimir Putinga Ukrainadagi urushni to‘xtatish borasidagi yangi taklifni taqdim etadi.
Vitkoff Putinga urushni to‘xtatish borasidagi yangi taklifni taqdim etadi
_

AQSh Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Vitkoff Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Sankt - Peterburg shahrida uchrashib, Ukraina bilan urushni to‘xtatishga qaratilgan yangilangan tinchlik taklifini taqdim etishini ma’lum qildi.

Axios internet nashriga intervyu bergan, ismi oshkor etilmagan AQSh rasmiylaridan birining aytishicha, Vitkoff bugun Rossiyaning Sankt - Peterburg shahrida Putin bilan uchrashadi.

Rasmiy ikki tomonlama uchrashuvda Trampning kuyovi Jared Kushner ham onlayn tarzda ishtirok etishini bildirib, Vitkoff ushbu uchrashuvda Putinga 2022 - yilning fevralidan buyon davom etayotgan Ukraina bilan urushni tugatishga qaratilgan yangilangan taklifni taqdim etishini ma’lum qildi.

Rasmiy yangi taklif “bevosita uch tomonlama va yanada keng ko‘lamli ko‘p tomonlama muzokaralarga yo‘l ochishiga” umid bildirdi. Shuningdek, kecha Norvegiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda urushni tugatishga qaratilgan “doiraviy kelishuv” bo‘yicha qo‘shma taklif ishlab chiqishga e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

Ukraina “batafsil muhokama qilingan yangi g‘oya va takliflarni taqdim etgani”ni bildirgan rasmiy, keyingi qadamlar yuzasidan ishchi darajadagi muzokaralarda “kuchli yakdillikka erishilganini” qayd etdi.

Vitkoff kecha Norvegiya poytaxti Osloda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Norvegiya Bosh vaziri Jonas Gar Styore bilan bir qatorda, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Polshadan iborat E4 mamlakatlari, Yevropa ittifoqi (YI) hamda NATO vakillari bilan ham uchrashgan edi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp Ukraina Prezidenti Zelenskiy uchun Rossiya bilan kelishuvga erishish vaqti kelganini ta’kidlab, “AQSh Ukraina uchun juda katta mablag‘ sarfladi, Yevropa ham juda katta mablag‘ sarfladi. Hozir Yevropa bundan charchagan”, — degan edi.