TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an Turk qizil yarim oy jamiyatining 158 yilligi munosabati bilan tabrik yo'lladi
"Qiyin sharoitlarga qaramay, mazlum va jabrdiydalarga shafqat qo‘lini cho‘zayotgan Turk Qizil Yarim Oy jamiyati insoniyatning umidiga aylanmoqda",-dedi Turkiya rahbari.
Erdo‘g‘an Turk qizil yarim oy jamiyatining 158 yilligi munosabati bilan tabrik yo'lladi
Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻon (AA)

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turk Qizil Yarim Oy Jamiyati tashkil topganining 158 yilligi munosabati bilan maxsus tabrik yo‘lladi.

Prezident o‘z murojaatida shunday dedi: “Xalqimizning saxovat, mehr-shafqat, muruvvat va hamjihatlik kabi yuksak fazilatlarining timsoli bo‘lgan Turk Qizil Yarim Oy Jamiyati o‘zining fidokorona va samarali tarzda amalga oshirayotgan chegarabilmas xizmatlari bilan ushbu sohada dunyoning eng nufuzli tashkilotlaridan biri hisoblanadi.”

Erdo‘g‘an o‘z so‘zida qiyin sharoitlarga qaramay, mazlum va jabrlanganlarga mehr-shafqat qo‘lini cho‘zayotgan, barcha muhtojlarning yonida bo‘layotgan Turk Qizil Yarim Oy Jamiyati urushlar hamda tabiiy ofatlar oqibatida yuzaga kelgan yaralarni davolab, insoniyat uchun umid manbaiga aylanayotganini ta’kidladi.

Prezident o‘z murojaatini quyidagicha davom ettirdi: “Bundan keyin ham mamlakatimizni dunyoda eng yaxshi tarzda namoyon etishiga ishonganim Turk Qizil Yarim Oy Jamiyatining tinchlik, osoyishtalik, birodarlik va do‘stlikka xizmat qiluvchi qudrati xalqimizning ko‘magi hamda qo‘llab-quvvatlashidan oziqlanishini yana bir bor eslatib o‘taman. Tashkilotning navbatdagi tashkil topgan yili munosabati bilan uning barcha xodimlari va ko‘ngillilarini samimiy tuyg‘ularim bilan qutlayman, aziz xalqimizni esa ushbu nufuzli tashkilotni qo‘llab-quvvatlashda davom etishga chaqiraman.”