DUNYO
2 daqiqa o'qish
Tramp qurolli hujum uni Eron bilan bog‘liq urushdan to‘xtata olmasligini qayd etdi
Donald Tramp Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasi kechki ovqat dasturidagi qurolli hujum uni Eron bilan bog‘liq urushdan to‘xtata olmasligini qayd etar ekan, gumonlanuvchi shaxs AQSh tuman sudyasi oldida javob berish arafasida.
Tramp qurolli hujum uni Eron bilan bog‘liq urushdan to‘xtata olmasligini qayd etdi
_

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Tramp shanba kuni (25.04.2026) Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasi kechki ovqat dasturidagi qurolli hujum uni Eron bilan bog‘liq urushdan to‘xtata olmasligi ammo hodisaning mojaro bilan aloqasi bo‘lishi mumkin emasligini ifoda etdi.

Tramp xavfsizlikka oid bu jiddiy hodisa ortidan Oq uyda jurnalistlarga bayonot berdi va unda: “Bu meni Erondagi urushda g‘alaba qozonishdan to‘xtatmaydi. Mavjud ma’lumotlarga qaraganda buning voqea bilan aloqasi bor - yo‘qligini bilmaymiz ammo men bunday emas degan fikrdaman” - dedi.

Biroq Tramp avvalroq bu hodisaning Eron bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoli haqida “hech qachon aniq ayta olmaysiz” degan va tergovchilar “yolg‘iz bo‘ri” sifatida ta’riflagan hujumchining sababini o‘rganayotganini bildirgan edi.

Shanba kuni (25.04.2026) Prezident Donald Tramp ishtirok etgan Vashingtondagi media tadbiriga hujum uyushtirganlikda gumon qilinayotgan shaxs, federal prokurorga ko‘ra, dushanba kuni (27.04.2026) AQSh poytaxtida sud oldiga chiqariladi.

Yashirin xizmat agentlari bilan qurolli to‘qnashuvga kirishgan biroq o‘zi o‘q yemagan gumonlanuvchi dushanba kuni (27.04.2026) AQSh tuman sudyasi oldida javob beradi.

AQSh prokurori Janin Piroga ko‘ra gumonlanuvchiga zo‘ravonlik jinoyati davomida o‘qotar qurol ishlatish va xavfli qurol bilan federal xodimga hujum qilish ayblovlari qo‘yiladi.

AQSh yetakchisi shanba kuni (25.04.2026) erta tongda, qariyb ikki oydan beri davom etayotgan urush ortidan Tehronning muzokaralardagi pozitsiyasidan qoniqmagan holda elchilarining Eron bilan tinchlik muzokaralari uchun Pokistonga rejalashtirilgan safarini bekor qilgan edi.