Vazirlik bayonotida Rossiya armiyasi tunda uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) bilan Ukrainaning port infratuzilmasi obyektlari hamda Ukraina Qurolli Kuchlari manfaatlari yo‘lida foydalanilayotgan kemalarga hujumlarini davom ettirgani bildirildi.
“Odessa portiga harbiy maqsaddagi yuk olib ketayotgan quruq yuk kemasi harakatlanayotgan paytda uyushtirilgan hujum natijasida urildi”, — deyiladi bayonotda.
Vazirlik boshqa bir bayonotida kecha mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan bugun ertalab soat 08:00 gacha Rossiya havo mudofaasi tizimlari, asosan, Moskva va uning atrofida hamda boshqa hududlarda Ukrainaning 560 ta UUA sini yo‘q qilganini ma’lum qildi.






















