G'AZODA URUSH
3 daqiqa o'qish
Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorligi kengashi Isroilni qoraladi
Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi Dohadagi Arab - Islom sammiti paytida Isroilning Qatarga qarshi uyushtirgan hujumini qoraladi.
Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorligi kengashi Isroilni qoraladi
16 сентябр 2025

Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi liderlari, Isroilning Qatarga qarshi uyushtirgan hujumi ortidan vaziyatni baholash uchun dushanba kungi Harbiy qo‘mita sessiyasidan keyin Birlashgan Mudofaa kengashini shoshilinch ravishda yig‘ilishga chaqirdi.

Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tgan favqulodda arab - islom sammiti chog‘ida uyushtirilgan navbatdan tashqari Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashida liderlar: «Bu tajovuzkor siyosatlarning davom etishi tinchlikka erishish sa’y - harakatlari va Isroil bilan mavjud kelishuvlarning kelajagini xavf ostiga qo‘yadi. Bu mintaqa barqarorligi uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi», - degan ifodalarga o‘rin berdilar.

Bu bayonotlar Dohada uyushtirilgan va Isroilning Qatarga qarshi uyushtirgan hujumini qo‘lga olgan Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorligi Oliy kengashining navbatdan tashqari yigʻilishining yakuniy bayonotida keltirilgan.

Bayonotga ko‘ra Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad al - Soniy raisligida va Bosh kotib Kasim Albudaivi ishtirokida Oliy darajali favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi.

Favqulodda sammitga tashrif buyurganlar orasida Birlashgan Arab Amirliklari vitse - prezidenti Mansur bin Zoid al - Nahayon; Bahrayn Qirolining shaxsiy vakili Shayx Abdulloh bin Hamad al - Xalifa; Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon; Ummon Bosh vazirining mudofaa bo‘yicha o‘rinbosari Shehob bin Tariq al - Said va Quvayt valiahd shahzodasi Shayx Saboh Xolid al - Hamad al - Sabah bor edi.

Ochiq hujum

Bayonotda Isroilning Qatarga qarshi uyushtirgan hujumi Gʻazoda otashkesimni yo‘lga qo‘yish va mahbuslarni ozod qilish uchun xalqaro hamjamiyat va tashkilotlar olib borgan sa’y - harakatlarga ochiq - oydin hujum qilish hamda xalqaro huquqni bemalol paymol qilish sifatida qo‘lga olindi.

Yakuniy bayonotda, Isroilning tajovuzkorligi va Qatar davlatining mustaqilligini qo‘pol ravishda buzishi keskin qoralangani va bu hujum xalqaro huquq hamda BMT Nizomi tamoyillarining jiddiy buzilishi ekani ta’kidlandi.

Bayonotda shuningdek Ko‘rfaz Arab davlatlarining xavfsizligi ajralmas bir butun ekani, biriga qarshi uyushtirilgan hujum hammaga qarshi uyishtirilgan hujumga teng ekani ifoda etilgan holda asosiy maqom va birlashgan mudofaa kelishuviga muvofiq aʼzo davlatlar Qatar xavfsizligi, barqarorligi va mustaqilligini himoya qilish uchun barcha imkonlarini safarbar qilishga tayyor ekani taʼkidlandi.

Bayonotga ko‘ra liderlar Dohada Ko‘rfaz Arab davlatlarining Qo‘shma mudofaa kengashini favqulodda yig‘ilish o‘tkazishga chaqirib, ushbu yig‘ilish oldidan Oliy harbiy qo‘mita sessiyasini o‘tkazish haqida ko‘rsatma bergan.

Qoʻshma Mudofaa kengashi yigʻilishidan maqsad Isroilning qardosh Qatar davlatiga qarshi uyushtirgan hujum munosabati bilan a’zo davlatlarning mudofaa pozitsiyalari va tahdid manbalarini baholash hamda Qoʻshma harbiy qoʻmondonlikni qoʻshma mudofaa mexanizmlari va koʻrfazning oldini olish imkoniyatlarini faollashtirish uchun zarur ma’muriy choralarni koʻrishga yoʻnaltirish ekani qayd etildi.

Ahloqiy va huquqiy javobgarchilik

Oliy kengash Isroilning Qatarga qarshi uyushtirgan shafqatsiz hujumi, ko‘rfazining kollektiv xavfsizligi, mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka to‘g‘ridan - to‘g‘ri tahdid solayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Shuningdek, «Ushbu tajovuzkor siyosatlarning davom etishi tinchlikka erishish sa’y - harakatlari va Isroil bilan tuzilgan mavjud kelishuvlarning kelajagini xavf ostiga qo‘yadi. Eng yomoni, bu mintaqa barqarorligi uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi», - deyilgan.

Bayonotda xalqaro hamjamiyat oʻzining maʼnaviy va huquqiy masʼuliyatini bajarishi, Isroilni toʻxtatishi, xalqaro huquq va insonparvarlik qonunlarini takror - takror buzishga chek qoʻyishi uchun shoshilinch choralar koʻrilishi kerakligi ta’kidlandi.

Qatar poytaxtidagi hujumda AQShning o‘t ochishni to‘xtatish taklifini muhokama qilayotgan Falastinning Hamas guruhi yetakchilari nishonga olindi. Natijada Hamasning besh a’zosi va bir Qatar xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi. Hujum butun dunyoda qoralandi, AQSh Prezidenti Donald Tramp havo hujumlaridan chuqur xavotirda ekanini aytdi.