Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashi Tehronni koʻzlagan sanksiyalarni butunlay bekor qilishni nazarda tutgan qaror loyihasini qabul qilmaganligi bois Eron Xalqaro Atom energiyasi agentligi bilan hamkorlikni toʻxtatib qoʻyishini maʼlum qildi. Bu haqida Eron Milliy xavfsizlik Oliy kengashi shanba kuni bayonot berdi.
Xavfsizlik kengashi mavzu haqidagi qarorni Yevropa uchligi degan nom bilan ham tanilgan Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyaning sanksiyalarni takror yoʻlga qoʻyish uchun 30 kunlik jarayonni boshlatishi ortidan qayd etdi va bunga qoʻshimcha ravishda Tehronni, yadroviy qurol ishlab chiqarishiga monelik qiluvchi 2015 - yildagi Qoʻshma keng koʻlamli rejaga (JCPOA) rioya qilmayotganlikda aybladi. Eron esa bunday niyati haqidagi iddaolarni rad etdi.
Press TV davlat teleradiokompaniyasi tomonidan e’lon qilingan bayonotda, Eronning yuqori xavfsizlik organi, Tehronning tinchliksevar ekanini ta’kidlovchi yadroviy dasturi boʻyicha Yevropa uchligining oʻylamay tashlagan qadamlarini qoraladi.
Prezident Mesud Pezeshkiyan Eronning snapbak yoki tetik mexanizmi orqali takror yoʻlga qoʻyilgan sansksiyalarning uddasidan kelishini bildirdi va hatto buning uchun va’da berdi. Davlat telekanaliga shanba kuni bergan bayonotida, Pezeshkiyan, «Yoʻlni snapbak orqali bekityapdilar ammo yoʻlni ochgan va uni qurgan miyya va fikrlardir», - dedi.
«Biz hech qachon ortiqcha talablarga taslim boʻlmaymiz chunki biz vaziyatni ovzgartirishga qodirmiz», - degan ifodalarga oʻrin berdi.
Eron Milliy xavfsizlik Oliy kengashi, shuningdek, agar BMT sanksiyalari qayta joriy etilgudek boʻlsa unda mamlatning Xalqaro Atom energiyasi agentligi bilan boʻlgan hamkorligi faol ravishda toʻxtatib qoʻyilishini maʼlum qildi.
Shu oy boshlarida Eron va Xalqaro Atom energiyasi agentligi, AQSh va Isroil tomonidan bombardimon qilingan obyektlar ham doxil maydonda tekshiruv ishlarini davom ettirish borasida kelishib olganliklarini bildirgandi ammo mavzu haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Snapbak jarayonini kechiktirish masalasi ustidan Tehron va Yevropaning yirik davlatlari oʻrtasida taxminan bir hafta ichida kelishib olinmagudek boʻlsa unda BMTning Eronga nisbatan yoʻlga qoʻygan sanksiyalari takror kuchga kiradi.
Snapbak kuchga kirgudek boʻlsa unda qurol embargosi, uranni boyitish va qayta ishlashni man etish, ballistik raketa faoliyatini taqiqlash va eronliklar bilan tashkilotlarning global aktivlarini muzlatish va sayohatlarini toʻxtatish haqidagi qarorlar qayta tiklanadi.