DUNYO
1 daqiqa o'qish
Makron G‘azodagi tinch aholi sharoitiga e'tibor qaratdi
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, G‘azodagi tinch aholi sharoitiga e'tibor qaratdi.
Makron G‘azodagi tinch aholi sharoitiga e'tibor qaratdi
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron.
25 сентябр 2025

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Binyamin Netanyaxu hukumatining G‘azodagi genotsidini boshqarish borasidagi siyosatini tanqid qildi. U tinch aholi va garovga olinganlarning taqdiridan tashvishlanib, eng avvalo garovga olinganlarga e’tibor berilishi va ularni yolg‘iz qo‘ymaslik zarurligini ta’kidladi.

Makron chorshanba kuni FRANCE 24 davlat telekanaliga bergan intervyusida: "Netanyaxuning garovga olinganlarni ozod etishdek niyati yo‘qdek. Agar niyati bo‘lganida edi unda G‘azoga qarshi uyushtirgan oxirgi hujumni boshlatmas edi va hatto Qatardagi muzokarachilarni nishonga olmasdi”, - dedi.

U, "Bunday urush Hamasni yo‘q qilmaydi, tinch aholini o‘ldiradi”, - degan holda Isroilning takrorlangan hujumlariga qaramay falastinlik guruh hali ham kurashishga qodir ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Fransiya prezidenti G‘azoda otashkesim yo‘lga qo‘yilishi kerakligini takrorlar ekan Falastin davlatining tan olinish jarayonini qayta tiklash zarurligini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Shuningdek, Fransiya prezidenti: "Bosim o‘tkazish uchun eng konkret vositalarga ega bo‘lgan yagona davlat deb baholagan AQShni, Isroilni o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishga undashga chaqirdi. Makron Vashington chora ko‘rmagudek bo‘lsaYevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlar sanksiya masalasini kun tartbiga olib chiqishga majbur qolishini yetkazdi.

Fransiya Prezidenti Isroilning ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilni anneksiya qilib olish harakati Fransiya uchun "qizil chiziq" ekanini bildirdi va Quddusdagi Fransiya konsulligini yopish "katta xato" bo‘lishi ustidan ogohlantirdi.