TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Qatardagi harbiy vertolyot halokatida uch nafar turk fuqarosi halok bo‘ldi
Qatarda harbiy vertolyot halokati yuz berdi va unda 4 nafar Qatar Qurolli kuchlari xodimi, 1 nafar Turkiya Qurolli kuchlari a’zosi va 2 nafar ASELSAN texnik xodimi shahid bo‘ldi.
Qatardagi harbiy vertolyot halokatida uch nafar turk fuqarosi halok bo‘ldi
_

Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vazirligi Qatarda yuz bergan harbiy vertolyot halokatida jami 7 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Vazirlik halok bo‘lganlar orasida 4 nafar Qatar Qurolli kuchlari xodimi, 1 nafar Turkiya Qurolli kuchlari a’zosi va 2 nafar ASELSAN texnik xodimi borligini bildirdi.

Vazirlik bayonotida Turkiya va Qatar o‘rtasidagi harbiy hamkorlik hamda muvofiqlashtirish faoliyatlari amaldagi kelishuvlar va rejalar doirasida uzluksiz davom etayotgani ta’kidlandi.

Bayonotda aytilishicha, Qatar – Turkiya Qo‘shma harbiy kuchlari qo‘mondonligi doirasida o‘quv faoliyatini olib borayotgan Qatar Qurolli kuchlariga tegishli vertolyot shanba kuni (21.03.2026) kechqurun dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra texnik nosozlik sabab dengizga qulagan.

Halokatdan so‘ng boshlangan qidiruv - qutqaruv ishlari natijasida vertolyot qoldiqlari va halok bo‘lgan xodimlarning tanalari topilgani bildirildi.

Vazirlik halok bo‘lganlar uchun «shahid» ifodasini qo‘llab, hodisada 4 nafar qatarlik harbiy, 1 nafar turk harbiy xodim va 2 nafar ASELSAN texnik xodimi shahid bo‘lganini ma’lum qildi.

Halokatning aniq sababi Qatar rasmiylari tomonidan olib boriladigan tergov natijasida aniqlanishi bildirildi.

Milliy Mudofaa vazirligi bayonotida halok bo‘lganlarga Allohdan rahmat, ularning oila a’zolariga sabr tilanib; Turkiya Qurolli kuchlari, Qatar Qurolli kuchlari, ASELSAN, turk xalqi va Qatar xalqiga hamdardlik izhor qilindi.

 

Boxabar bo'ling!
Turkiya Isroil bilan bog'liq tarmoqqa katta zarba berdi: 175 kishi hibsga olindi
Turkiya Braziliya bilan mudofaa sanoati sohasida hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qildi
Antaliyada o‘tadigan 77-Xalqaro astronavtika kongressi taqdimotlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Erdo‘g‘an: Istanbul aeroportining to‘rtinchi uchish-qo‘nish yo‘lagi global aloqani kuchaytiradi
Erdog‘an: «Turkiyani dunyodagi eng keng parvoz tarmog‘iga ega mamlakatlardan biriga aylantirdik»
Erdo'g'an BMT minbaridan jahon hamjamiyatiga murojaat qiladi
Turkiya Makkaga yaqin hududda bartaraf etilgan dron hujumini qoraladi
Turkiya Harbiy-havo kuchlari safiga mahalliy HURKUSh-II samolyoti qo'shilmoqda
"Akinji" droni "Sungur" raketasi bilan yuqori tezlikdagi nishonni yo‘q qildi
Fidan: Ho‘rmuz bo‘g‘ozida urushdan oldingi holat tiklanishi lozim
Somalida Turkiyani qo‘llab-quvvatlashga bag'ishlangan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Ozarbayjon Prezidenti Aliyev Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi
Erdo‘g‘an: «Xalqimizni xavf-xatarlardan uzoq tutdik»
Hakan Fidan rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘lib qaytadi
Isroil matbuoti: Prezident Erdogan Turkiyani Oʻrta Sharqda qiyin bir ishtirokchiga aylantirdi
Fidan: Turkiya - Suriya munosabatlari mustahkam tus oldi
Hakan Fidan Suriyaga rasmiy tashrif uyushtirmoqda
Turkiya Saudiya Arabistoniga qarshi uyushtirilgan hujumlarni qoraladi
Turkiya: Kipr turklari xavfsizligini har qanday sharoitda ta’minlaydi
Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasida uchta yirik elektr energetikasi loyihasi rejalashtirilmoqda