G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Irlandiya Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarini keskin qoraladi
Irlandiya, otashkesim kelishuviga qaramay Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarini keskin qoraladi.
Irlandiya Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarini keskin qoraladi
_
30 октябр 2025

Irlandiya Bosh vaziri Micheal Martin otashkesim kelishuviga qaramay Isroilning Gazoga qarshi uyushtirgan hujumlarini keskin qoraladi.

Michela Martin mavzu haqida chorshanba kuni (29.19.2025) kechqurun X platformasi orqali bergan bayonotida: “G'azodagi 46 nafari yosh bola, jami 100 nafardan ortiq inson umriga zomin bo‘lgan hujumlarni keskin qoralayman. Barcha tomonlarni otashkesim kelishuviga amal qilishga chaqiraman. Shuningdek, G'azo xalqiga insonparvarlik yordami miqdori orttirilishi zarurligini ta'kidlayman”, - degan ifodalarga orin berdi.

Ko'plab begunoh insonlarning halok bo‘lishini “tom ma’noda qo‘rqinchli” deb ta'riflagan Martin, xalqaro huquqni hurmat qilish shart ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Martin: “Barcha tomonlar oz burchlari yoki majburiyatlariga sodiq qolishi va rejaning boshqa unsurlarining rivojlanishini ta'minlash uchun ham ishlashi kerak. Usiz ham kopchilik inson ancha azob chekdi va hayotdan koz yumdi”, - dedi.

Martinning ushbu bayonotlari Falastin Sog'liqni Saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra Isroil armiyasi seshanba oqshomidan beri 46 nafari yosh bola, jami 100 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgani va 10 - oktabr kuni kuchga kirgan otashkesimni paymol qilgani haqidagi xabarlar ortidan qayd etildi.

Boshqa jihatdan genotsidchi Netanyaxu yakshanba kuni vazirlar kengashi yig‘ilishida bergan bayonotida, AQSh o‘rtamchiligida erishilgan otashkesimga qaramay Isroil Gazoga qarshi qachon va qayerda hujum uyushtirishini o‘zi bilishini qayd etgandi. Otashkesim kelishuvi, qamal ostidagi hududda, xalqaro xavfsizlik kuchlarini joylashtirishni nazarda tutadi.

Falastin Sog'liqni Saqlash vazirligi so'nggi Isroil hujumlarida 253 kishi, jumladan, 78 nafar yosh bola va 84 nafar ayol kishi tan jarohati olganini ma'lum qildi.

Vazirlik ma'lumotlariga ko'ra otashkesim kuchga kirganidan beri Isroil hujumlarida falastinlik kamida 211 nafar inson halok bo'lar ekan, 597 nafar inson tan jarohati olsi.

2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroilning G'azoga qarshi uyushtirgan hujumlarida 68 ming nafardan ortiq inson, asosan ayollar va bolalar halok bo'lgan; 170 ming nafardan ortiq inson tan jarohati olgan.