SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Bog‘dod PKKni qurolsizlantirish borasidagi sa’y - harakatlarni qo‘llab – quvvatladi
Iroq Tashqi Ishlar vaziri Fuad Husayn turk hamkasbi Hakan Fidan bilan suv masalasini muhokama qildi.
Bog‘dod PKKni qurolsizlantirish borasidagi sa’y - harakatlarni qo‘llab – quvvatladi
_
3 ноябр 2025

Iroq Tashqi Ishlar vaziri Fuad Husayn Turkiyaning PKKni qurolsizlantirish borasidagi sa’y -harakatlarini qo‘llab - quvvatlashga va’da berdi va ular keng ko‘lamli mintaqaviy yechimga intilishlarini qayd etdi.

Iroq INA milliy axborot agentligi xabariga ko‘ra Fuad Husayn turkiyalik hamkasbi Hakan Fidan bilan uyushtirgan qo‘shma matbuot anjumanida: «Iroq Turkiya va PKK o‘rtasidagi muloqotni qo‘llab - quvvatlaydi va barcha tomonlarni qoniqtiradigan yechimdan umidvordir», - dedi.

Turkiya, AQSh va Yevropa ittifoqi tomonidan terror tashkilot deb topilgan PKK, may oyida kongress o‘tkazish orqali unda o‘zini - o‘zi tarqatib yuborganini e’lon qilgandi. Ushbu qaror tashkilot rahbari Abdulloh O‘jalanning fevral oyida o‘nlab yillar davom etgan hujumlarga chek qo‘yish haqidagi chaqirig‘i ortidan qayd etildi.

Terror tashkiloti joriy yilning 26 - oktabri kuni Turkiyadan chiqib ketishini bildirdi

Bog‘dod - Anqara munosabatlarini «tarixiy» deb baholagan Husayn, Fidan bilan bo‘lgan uchrashuvlarida suv masalasi ham muhokama qilingani hamda bu ikki mamlakat uchun muhim va umumiy manfaatlarni ifoda etishiga e’tibor qaratdi.

Husayn, Iroq va Turkiya o‘rtasida turli sohalarda 26 ta o‘zaro anglashuv memorandumi borligi va yaqin soatlarda qo‘shma suv resurslarini boshqarish doirasi bo‘yicha hujjat imzolanishini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Turkiya bilan Iroq, 2009 - yili Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining tashkil etilishi bilan mustahkamlangan, chuqur tarixiy va madaniy aloqalarga egadir. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo, hamkorlikning asosiy sohasi sifatida ajralib turadi.