TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Xalqaro Yaxta Poygalarining G'alaba kubogi bosqichi yakunlandi
G'alaba kubogini Selim Kakish boshqargan «Zacapa» yaxtasi qo'lga kiritdi.
Xalqaro Yaxta Poygalarining G'alaba kubogi bosqichi yakunlandi
Turkiyada 7-xalqaro yaxta poygalari

Prezidentlik xalqaro 7-yaxta poygasining uchinchi bosqichi bo'lgan G'alaba kubogi yakunlandi.

Prezident ko'magi, Madaniyat va turizm vazirligi hamda Yoshlar va sport vazirligining hissasi, Istanbul gubernatorligi va Turizmni rivojlantirish va targ'ib qilish agentligi (TGA) hamkorligida Istanbul ochiq dengiz yaxta poygasi klubi tomonidan tashkil etilgan Prezidentlik 7-xalqaro yaxta poygasining uchinchi bosqichi — G'alaba kubogi 58 jamoa va 600 dan ortiq sportchi ishtirokida Chirag’on saroyi oldidan boshlandi.

30-avgust — G'alaba bayramiga bag'ishlangan bosqichda poyga Bosfor bo'g'ozida boshlandi. 600 dan ortiq sportchi Arnavutkoyda yakunlangan poygada shamolga qarshi strategiya va taktika oldinga chiqqan qizg'in raqobatni namoyish etdi.

G'alaba kubogini Selim Kakish boshqargan «Zacapa» yaxtasi qo'lga kiritdi. Og'uz Ayan boshqargan «Angel's Of CMC Holding» jamoasi ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Levent Peynirdji boshqargan «Enka» jamoasi poygani uchinchi o'rin bilan yakunladi.

Istanbul ochiq dengiz yaxta poygasi klubi raisi Ekrem Emlihaog'lu 30-avgust G'alaba bayramida bunday musobaqani o'tkazganlaridan juda faxrlanishini bildirib: «600 dan ortiq sportchimizning bu poygasi ham shonli tariximiz va g'alabamiz merosiga munosib go'zal namoyish taqdim etdi. Bu shunchaki sport musobaqasining o'zi bo'lmadi. O'tmishimizga bo'lgan minnatdorchiligimiz ifodasi bo'lgan ushbu yirik musobaqaga o'z hissasini qo'shgan barcha muassasalarimizga va qirg'oqlarni to'ldirib, bu quvonchni biz bilan baham ko'rgan istanbuliklarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman», — dedi.