DUNYO
2 daqiqa o'qish
Erondagi namoyishlarida halok bo‘lganlar soni 2 ming 570 nafardan oshdi
Erondagi norozilik namoyishlari ustidan ilk bor rasmiylar tomonidan ma'lumot berildi va unda halok bo‘lganlar soniga e'tibor qaratildi.
Erondagi namoyishlarida halok bo‘lganlar soni 2 ming 570 nafardan oshdi
_

Markazi AQShda joylashgan va Eron masalalariga ixtisoslashgan Inson huquqlari faollari axborot agentligi (HRANA) bugun (14.01.2026) bergan bayonotida, Erondagi norozilik namoyishlari chog‘ida halok bo‘lganlar soni 2 ming 571 nafarga yetganini ma’lum qildi. Bayonotda, mamlakat rahbariyati, so‘nggi yillarning eng yirik muxolif harakatiga duch kelganini qayd etdi.

HRANA ma’lumotiga ko‘ra 2 ming 403 nafar namoyishchi, hukumat kuchlari bilan bog‘liq 147 kishi, 12 nafar yosh bola ham da namoyishlarda ishtirok etmagan 9 nafar tinch aholi vakilining o‘limi tasdiqlangan.

Eronlik rasmiylardan biri seshanba kuni (13.01.2026) qariyb 2 ming kishi halok bo‘lganini tan oldi. Bu esa ikki haftadan ortiq vaqt avval boshlangan va butun mamlakatda keng tarqalgan norozilik namoyishlari boshlanganidan buyon rasmiylar tomonidan berilgan ilk umumiy raqam hisoblanadi.

Yomonlashib borayotgan iqtisodiy sharoitlar sabab boshlangan namoyishlar so‘nggi uch yil ichida Eron rahbariyati duch kelgan eng jiddiy ichki sinovga aylandi.

Harbiy amaliyot kun tartibida

AQSh Prezidenti Donald Tramp seshanba kuni (13.01.2026) eronliklarni, noroziliklarni davom ettirishga chaqirib, bu chaqiriq «yordam yo‘lida», - ekaniga e’tibor qaratdi.

Jurnalistlar tomonidan aytgan so‘zlari qanday ma’noni anglatishi haqida berilgan savolga esa Tramp: «Buni ularning o‘zlari hal qilishlari kerak», - deb javob berdi va harbiy amaliyot bosimga javob sifatida ko‘rib chiqilayotgan variantlar qatorida ekanini ifoda etdi.

Eron rasmiylari esa AQSh bilan Isroilni beqarorlikni qo‘zg‘atishda ayblab, yuz bergan o‘limlarni xorijiy kuchlar tomonidan yo‘naltirilayotgan «terrorchi unsurlar» faoliyati sifatida izohladi.

 

 

Boxabar bo'ling!
Qatar, Misr va Iordaniya Eronning arab davlatlariga hujumini qoraladi
Putin: Rossiya Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonmoqda
Amerikalik muhandis Apple kompaniyasiga bosh direktor etib tayinlandi
Nepaldagi suv toshqinlari qurbonlari soni 1130 nafarga yetdi
Ispaniyada issiq tufayli 5 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi
Pokistonda kuchli yomg‘ir: maktablar yopildi
Nepalda suv toshqinlari qurbonlari soni 900 dan oshdi
Isroil G'arbiy Sohilda harbiy bazasini kengaytirish uchun Falastin yerlarini musodara qilmoqda
Ukraina keng ko‘lamli dron hujumida Rossiyaning Rostov viloyatini nishonga oldi
Ukraina keng ko‘lamli dron hujumida Rossiyaning Rostov viloyatini nishonga oldi
Putin, Shi va Pezeshkiyan Qirg‘izistondagi sammitda qatnashadi
Nepalda suv toshqini va ko‘chkilarda 623 kishi halok bo‘ldi, 1 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi
Si, Putin va Modi Bishkekda uchrashadi: Yevrosiyo yetakchilari SHHT sammiti uchun Qirg‘izistonda
CIA direktori Retkliff Rossiyani Ukraina bilan kelishuvga chaqirdi
G‘azodagi 20 ta uy xarobasidan 233 falastinlikning jasadi chiqarildi
AQSh Prezidenti Tramp: “Rossiya NATO hududiga hujum qilmaydi”
Eron: “Dengiz qamali davom etsa, AQShning iqtisodiy manfaatlariga kuchli zarba beramiz”
Nepal–Tibet suv toshqinlarida 472 kishi halok bo‘ldi, mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi
Nepalda sel va yer ko‘chkilari:  270 kishi halok bo‘ldi, yuzlab kishi bedarak yo‘qoldi
Netanyahu xalqaro bosimlarga qaramay G‘arbiy Sohildagi noqonuniy aholi punktlarini kengaytiradi