Kecha (16.11.2025) Isroilning beshta harbiy transport vositasi Suriyaning janubi - g‘arbidagi Qunaytra qishloq hududidagi bir qishloqqa kirib borgani haqida xabar qilindi.
Davlat nazoratidagi Suriya Arab axborot agentligi (SANA)ning bildirishicha, erta tongda Qunaytraning janubidagi Saida al - G‘olan qishlog‘iga beshta harbiy mashinadan iborat bo‘lgan Isroil kuchlari kirib kelgani, ko‘p o‘tmay ortga qaytgan.
Xuddi shu manbaga ko‘ra Isroil kuchlari Daro viloyatining g‘arbida joylashgan Ma’riya qishlog‘i atrofida ham bosqin uyushtirgan.
Qunaytradagi Isroil sizib kirishlari so‘nggi paytlarda kuchaydi; mahalliy aholi Tel - Avivning qishloq xo‘jaligi yerlari tomon siljiyotgani, yuzlab gektarlik o‘rmon maydonlarining vayron qilinayotgani, aholi vakillarining hibsga olinayotgani va harbiy nazorat punktlarining o‘rnatilayotganidan shikoyat qilmoqda.
Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra Isroil armiyasi 2024 - yilning dekabr oyidan beri Suriya hududiga qarshi 1 000 dan ortiq havo hujumlari, janubiy viloyatlarga qarshi esa 400 dan ortiq bosqin uyushtirgan.
Bashar al - Asad rejimi 2024 - yil oxirida qulaganidan beri Isroil 1974 - yilgi Ajratish kelishuvi qoidalarini buzgan holda qurolsizlantirilgan tampon hududni egallab olib, Suriya G‘olan tepaligidagi bosqinini kengaytirdi.























