DUNYO
2 daqiqa o'qish
Vens: Eron XAEA inspektorlarini qayta qabul qilishga rozi bo‘ldi
JD Vens, Eronning bosh muzokarachisi Muhammad Boqir G‘olibof bilan Shveytsariyada boshlagan muzokaralar ortidan jurnalistlarga bayonot berdi va unda Eron XAEA inspektorlarini qayta qabul qilishga rozi bo‘lganini ma'lum qildi.
Vens: Eron XAEA inspektorlarini qayta qabul qilishga rozi bo‘ldi
_

AQSh vitse - prezidenti JD Vens Yaqin Sharqdagi urushni yakunlashga qaratilgan AQSh – Eron muzokaralarining birinchi bosqichidan so‘ng Tehron Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) inspektorlarini mamlakatga qayta taklif qilishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.

Vens yakshanba kuni Eronning bosh muzokarachisi Muhammad Boqir G‘olibof bilan Shveysariyaning Burgenstok shahrida boshlagan muzokaralaridan so‘ng, dushanba kuni jurnalistlarga:

«Eronliklar Xalqaro atom energiyasi agentligi inspektorlarini mamlakatga qayta kiritishga rozi bo‘ldilar. Bu Amerika xalqi uchun muhim burilish nuqtasidir va Erondagi yadro quroli dasturini butunlay tugatish yoki mamlakatni doimiy ravishda yadroviy qurolsizlantirish yo‘lidagi birinchi qadamdir» - dedi.

Shveysariyadagi muzokaralar o‘tgan hafta kelishilgan dastlabki bitim doirasida belgilangan ikki oylik muzokara davrining ilk bosqichi bo‘ldi.

O‘rtamchi bo‘lgan Pokiston bilan Qatar, muzokarachilar «60 kun ichida yakuniy kelishuvga erishish uchun yo‘l xaritasi» bo‘yicha kelishib olganini bildirdilar. Texnik muzokaralar hafta davomida Shveysariyaning markazidagi, Burgenstokdagi yakkalangan mehmonxona majmuasida davom etadi.

Yakuniy kelishuv 28 - fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan boshlangan urushga barham berishni maqsad qiladi. Ushbu urush Tehronni mintaqa bo‘ylab raketa va insonsiz havo transportlari hujumlari bilan javob qaytarishga hamda jahon iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozini amalda yopishga undagan edi.

Muzokarachilar Tehronning yadro dasturi va boyitilgan uran masalasi kabi AQSh – Eron munosabatlarini o‘nlab yillar davomida murakkablashtirib kelayotgan eng qiyin masalalarning ayrimlarini muhokama qilishni maqsad qilganlar.