Rossiya rasmiylari seshanba kuni (05.05.2026) Ukraina insonsiz havo transportlari neftni qayta ishlash zavodi va elektr uskunalari ishlab chiqaruvchi zavodga zarba bergani, hujumlar natijasida kamida uch kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.
Mudofaa vazirligi, Kiyev, kecha davomida Rossiyaning 15 hududida keng ko‘lamli insonsiz havo transporti hujumi uyushtirgani va ularning qariyb 300 tasi urib tushirilganini bildirdi.
Bayonotda: «Havo hujumidan mudofaa qiluvchi tizimlari kecha davomida Ukrainaga tegishli 289 ta samolyot turidagi insonsiz havo transportini to‘xtatib, yo‘q qilgani» - ta’kidlandi.
Boshqa tomondan, Ukrainaning Unian axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra insonsiz havo transportlari soni bundan ancha ko‘p bo‘lgan va faqatgina Moskva poytaxtiga qarshi qariyb 200 ta insonsiz havo transporti uchirilgan.
Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenkoning aytishicha, asosiy hujumlardan biri aynan ushbu hududni nishonga olgan. U kecha davomida Ukrainaga tegishli 29 ta insonsiz havo transporti urib tushirilganini iddao qildi.
Drozdenko Telegram orqali bergan bayonotida hujum Kirishi sanoat hududidagi, neftni qayta ishlash zavodi joylashgan obyektlarda yong‘in chiqishiga sabab bo‘lganini bildirdi.
U mavzu haqida: «Kirishi sanoat hududidagi yong‘in nazorat ostiga olindi va o‘t o‘chirish ishlari yakunlanmoqda. Dushmanning asosiy nishoni KINEF neftni qayta ishlash zavodi edi. Hujum natijasida qurbonlar qayd etilmadi» - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Hududiy rasmiylar tomonidan seshanba kuni (05.05.2026) bildirilganiga ko‘ra Cheboksari shahrida elektr uskunalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxona ham Ukraina insonsiz havo transporti hujumiga uchragan va natijada uch kishi jarohatlangan.
Ukraina, shuningdek, Cheboksarida ikkita turar - joy binosiga ham zarba bergan. Binolarda yashovchilar evakuatsiya qilingan. Shahar ma’muriyati yaqin ko‘chalarda harakat buzilgani va maktablar hamda ayrim davlat muassasalari vaqtincha yopilganini ma’lum qildi.
Ukraina Rossiya tomonining bu iddialari yuzasidan hozircha izoh bermadi.







