DUNYO
1 daqiqa o'qish
Papa Leo ilk xorijiy safarini Turkiya va Livanga uyushtiradi
Bu tashriflar Papa Leoning papa bo'lganidan keyin Italiyadan tashqaridagi birinchi safarining bir qismidir.
Papa Leo ilk xorijiy safarini Turkiya va Livanga uyushtiradi
Pope Leo set to visit Türkiye, Lebanon in his 1st trip abroad / Reuters
17 соат олдин

Vatikan xabari, Papa Leo XIVning kelasi oy boshlanadigan birinchi chet el safari doirasida Turkiyaga, keyin esa Livanga borishini ma'lum qildi.

Vatikanning rasmiy axborot portalida “Muqaddas taxt matbuot xizmati direktori Matteo Bruni joriy yilning noyabr oyi oxiri va dekabr oyi boshida Rim papasi Leo Turkiya va Livanga safar qilishini ma’lum qildi” deb yozadi.

Bu tashriflar Papaning lavozimga kirishganidan keyin Italiyadan tashqaridagi ilk safari bo'ladi.

Rim papasi Leo 27-30 noyabr kunlari Turkiyada bo'ladi, so'ngra 2 dekabrgacha Livanda qoladi.di.