DUNYO
2 daqiqa o'qish
Arbildagi hujumda bir fransuz askari halok bo‘ldi
Arbildagi insonsiz havo transporti hujumida bir fransuz askari halok bo‘lar ekan, yetti nafar fransuz askari esa jarohat oldi.
Arbildagi hujumda bir fransuz askari halok bo‘ldi
_
2 соат олдин

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Iroqning Arbil shahrida sodir bo‘lgan hujumlardan birida kichik ofitser Arnaud Frion halok bo‘lganini tasdiqladi.

Makron fransuz kuchlariga qarshi uyushtirilgan hujumni «qabul qilib bo‘lmaydigan darajada noto‘g‘ri» deb baholar ekan, Frionga, xizmatlari yuzasidan chuqur minnatdorchilik bildirgan holda Fransiya o‘z xodimlarini himoya qilish uchun munosib javob qaytarishini ta’kidladi.

Rasmiy ma'lumotga ko‘ra terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha ta’lim olish paytida yuz bergan insonsiz havo transporti hujumi natijasida fransiyalik yetti nafar askar jarohatlandi.

Iroqdagi kurd mintaqasi yetakchiligi qo‘mondoni Sirvan Barzoniy ma'lumotiga ko‘ra hujum Maxmur hududidagi qoshma Peshmerga – Fransiya bazasini nishonga oldi.

Insonsiz havo transportining qayerdan kelgani haqida hali hanuz hech qanday ma’lumot yo‘q

Barzoniy, mavzu haqida mahalliy ommaviy axborot vositalariga bergan bayonotida, insonsiz havo transporti Peshmerga jangchilariga maslahat berayotgan fransuz kuchlari tomonidan foydalanilgan harbiy oquv maydonchasigi tushganini ifoda etgan holda: «U yerda turgan fransuz askarlarining urush yoki mojaroga aloqasi yo‘q. Ular oddiygina Iroqda qonuniy tarzda yurgan harbiy maslahatchilardir» - dedi.

Barzoniy voqeani «nohaq terrorchilik harakati» deb atab, Iroq hukumatini shunga o‘xshash hujumlarning oldini olishga chaqirdi.

Oldinroq, Arbil gubernatori Omed Xoshnav, hujumda olti nafar fransuz askari jarohatlangani va ulardan torttasi shifoxonaga yotqizilganini ma'lum qilgandi.

Xoshnav, Iroq mahalliy ommaviy axborot vositalariga bu hujum fransuz kuchlarining Peshmerge bilan birgalikda joylashgan Maxmurdagi oltinchi nuqtani nishonga olganini ifoda etar ekan, bu yerda Peshmerga jangchilari jarohat olmaganini o‘z so‘ziga ilova etdi.