Joriy yilning 13 - yanvari kuni Turkiya bilan So‘mali o‘rtasida Turkiya – So‘mali Qo‘shma mehnat komissiyasining Birinchi yig‘ilishi protokoli ham da 2026 – 2027 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi imzolandi. Bu haqida Turkiya Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vazirligi Matbuot xizmati tomonidan ma’lumot berildi. Ushbu ma’lumotga ko‘ra, kelishuv, imzolangan kuni rasman kuchga kirdi.
Turkiya – So‘mali Qo‘shma mehnat komissiyasining ilk yig‘ilishi poytaxt Anqarada bo‘lib o‘tdi.
Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Vedat Ishikhan ushbu tadbir doirasida So‘mali Mehnat va ijtimoiy masalalar vaziri Salim Alio Ibro va uning delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Ishikhan protokol va harakatlar rejasi ish joylarida davlat nazorati, mehnat muhofazasi va xavfsizligi; xalqaro ishchi kuchi harakatini samarali boshqarish, kasbiy ta’lim ham da milliy kasbiy standartlarni rivojlantirishni o‘z ichiga olgan muhim sohalarda keng ko‘lamli va barqaror hamkorlikni nazarda tutishini ta’kidladi.
Ibro bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuv ortidan, Ishikhan, mehmoni bilan delegatsiyalar darajasidagi yig‘ilishga raislik qildi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Ishikhan, Turkiya va So‘mali o‘rtasidagi munosabatlarning barcha sohalarda mustahkamlanib, kengayib borayotganidan mamnun ekanini bildirib; ikki tomonlama aloqalar yillar davomida strategik darajaga ko‘tarilganiga e’tibor qaratdi.
Samarali va natijaga yo‘naltirilgan hamkorlik davriga umid bildirar ekan, Ishikhan mavzu haqida: “Vazirlik sifatida vakolat doiramizga kiradigan masalalarda So‘mali tomoni bilan tajribalarimizni bo‘lishishga katta ahamiyat beramiz va ushbu yo‘nalishlarda hamkorligimizni kuchaytirishni niyatidamiz”, - dedi.
Shuningdek, u batafsil ishlab chiqilgan 2026 – 2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik yo‘l xaritasi mavjud sheriklikni yana da yuqori bosqichga olib chiqishi, uning ko‘lamini kengaytirishi ham da ikki vazirlik o‘rtasida axborot, hujjat va mutaxassislar almashinuvini ta’minlaydigan mustahkam huquqiy asos yaratishini o‘z so‘ziga qo‘shimcha qildi.

















