IQTISODIYOT
1 daqiqa o'qish
Turkiya Yashil kelishuv rejasini yangiladi
Turkiya 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Yashil kelishuv rejasini yangiladi.
Turkiya Yashil kelishuv rejasini yangiladi
_

Seshanba kuni Rasmiy gazetada e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra Turkiya global yashil ta’minot zanjirlariga integratsiyalashuvni kuchaytirish va Yevropa ittifoqining Bojxona qoidalariga muvofiqlikni oshirish maqsadida 2026 – 2030 - yillarga mo‘ljallangan Yashil kelishuv harakatlar rejasini yangiladi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an imzolagan besh yillik strategik hujjat tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ularni qayta ishlatish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.

Mazkur yangilanish BMT va Yevropa ittifoqi aylanma iqtisodiyot hamda sanoatni karbonsizlantirishga qaratilgan siyosat choralarini amalga oshira boshlagan, butun dunyoda yashil transformatsiya jarayonlari jadallashgan bir davrda amalga oshirildi.

Hujjatda Turkiya iqlim sohasidagi qonunchilik va uglerod narxini belgilash borasida muhim yutuqlarga erishgani qayd etilgan. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini oshirish, aylanma iqtisodiyotga o‘tish va barqaror ishlab chiqarish amaliyotlarini rag‘batlantirish borasidagi sa’y - harakatlar ta’kidlangan.

Yangi strategik hujjatda yashil va raqamli transformatsiyalarni bir vaqtda amalga oshirishni nazarda tutuvchi qo‘shaloq transformatsiya yondashuvi qabul qilingan.

Savdo vazirligi yoki u tomonidan tayinlanadigan vazir o‘rinbosari rahbarligida yangi tashkil etilgan Yashil kelishuv bo‘yicha ishchi guruh tegishli vazirliklarning yuqori lavozimli vakillari bilan birgalikda amalga oshirish jarayonini kuzatib boradi va baholaydi.

Bundan tashqari, barcha tegishli davlat idoralari o‘z vakolatlari doirasidagi maxsus chora - tadbirlar bo‘yicha har yili erishilgan natijalar yuzasidan hisobot taqdim etishi shart etib belgilandi.