Suriya Mudofaa vazirligi YPG yetakchiligidagi SDK terror tashkilotini Halab sharqidagi qishloq hududlariga qarshi uyushtirilgan hujum ustidan ayblagan holda bu hujum ortida Suriya armiyasi borlgi haqidagi iddaolarni rad etdi.
Suriyaning SANA axborot agentligi mavzu haqida vazirlik tomonidan bugun berilgan bayonotga tayangan holda, SDK kuchlari tomonidan shanba kuni Halab sharqidagi Tal Maaz, Alssa va al - Qayariya qishloqlariga qarshi minomyotlar orqali zarba berilganini ma’lum qildi.
Bayonotning davomi sifatida, «SDK oʻz nazoratida bo‘lmagan hududlarni bombardimon qilayotgan bir paytda Suriya armiyasi SDKga oid koʻp stvolli raketa otish moslamasining Am Teenah qishlogʻi tomon raketa otayotganini kuzatdi. Bu qishloq haligacha SDK nazorati ostida», - deyildi.
Vazirlik hujum ortidagi sabablar aniq emasligini ifoda etdi
Mudofaa vazirligi SDK bilan aloqali media tomonidan Suriya armiyasining Am Teenah qishlog'ini bombalagani haqidagi xabarlar umuman noto‘g‘ri ekanini qayd etdi va mazkur hujumdan SDKni mas’ul deb topdi.
Vazirlik shuningdek, 10 - sentabr kuni al - Qayarieh qishlog‘iga qarshi uyushtirilgan va ikki nafar tinch aholining umriga, 3 nafar tinch aholining esa sogʻligiga zomin boʻlgan voqeani namuna sifatida koʻrsatgan holda SDKning Halab sharqidagi qishloqda tinch aholini nishonga olish sa’y - harakatlarini aybladi.
Vazirlik suriyaliklarni himoya qilish va ularning xavfsizligi bilan barqarorligini saqlash boʻyicha milliy vazifasi yoki burchini bajarishda davom etishini ta’kidladi. Am Teenah qishlogʻi aholisiga qarshi sodir etilgan va Suriya armiyasini nohaq ayblash tashabbusi sifatida baholagan qatliomdan esa butunlay SDKni mas’ul deb topdi.
SDK asosan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG a’zolari oʻrin olgan tizimdir.