SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Eron uran masalasi AQSh bilan muzokaralar kun tartibida emasligini bildirdi
Eron boyitilgan uran zaxiralari AQSh bilan davom etayotgan muzokaralarda «kun tartibida emasligini» ma’lum qildi.
Eron uran masalasi AQSh bilan muzokaralar kun tartibida emasligini bildirdi
_

Eron, Milliy xavfsizlik oliy kengashi Bosh kotibi o‘rinbosari Ali Bakiriy orqali boyitilgan uran zaxirasi AQSh bilan olib borilayotgan muzokaralarning bir qismi emasligini ma’lum qildi.

Eronning Fars yarim rasmiy axborot agentligi xabariga ko‘ra Bakiriy chorshanba kuni (27.05.2026): «Bu masala muzokaralar kun tartibida yo‘q», — dedi.

Xabarga ko‘ra ushbu bayonotlar, Rossiya poytaxti Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro xavfsizlik konferensiyasi doirasida bildirildi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp dushanba kuni (25.05.2026) Eronning boyitilgan uran zaxiralari yo‘q qilinishi uchun zudlik bilan AQShga topshirilishi yoki turgan joyida yoxud maqbul boshqa nuqtada yo‘q qilinishini bildirgan edi.

Bu bayonotlar Vashington bilan Tehron o‘rtasida 28 - fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi boshlatilgan hujumlar hamda Eronning javob tariqasidagi zarbalari bilan davom etgan urushni yakunlash maqsadida Pokiston o‘rtamchiligida olib borilayotgan diplomatik jarayonni davom ettirayotgan bir paytda qayd etildi.

Davom etayotgan diplomatik jarayon paytida Eron Razvedka vazirligi chorshanba kuni (27.05.2026) AQSh bilan Isroilning maqsadi Islom Respublikasini ag‘darish va mamlakatni parchalash ekanini bildirdi.

Vazirlik Eron ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan bayonotida: «Dushman, so‘nggi urush boshida ochiq - oydin e’lon qilgan ammo harbiy hujum bilan erisha olmagan mamlakatni ag‘darish va parchalash maqsadini endi boshqa yo‘llar orqali amalga oshirishga urinmoqda», — degan ifodalarga o‘rin berdi.