Fikr
TURK DUNYOSI
2 daqiqa o'qish
Xo‘jali qirg'ini - insoniyat tarixidagi qonli sahifa
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi 1992-yilda Qorabogʻ mintaqasida arman kuchlari tomonidan 613 nafar ozarbayjonlik tinch aholining qirgʻinini qoralab, buni “insoniyat vijdonidagi qora dogʻ” deb taʼrifladi.
Xo‘jali qirg'ini - insoniyat tarixidagi qonli sahifa
1,275 nafar asirga olingan ozarbayjonliklardan taxminan 150 nafari haligacha bedarak, sakkiz oila esa butunlay yoʻq qilingan. / Azernews / Others
16 соат олдин

Turkiya 1992-yilda Qorabogʻ mintaqasidagi Xo’jali shahrida arman kuchlari tomonidan ozarbayjonlik tinch aholining ommaviy qirgʻini boʻlgan Xo’jali qirgʻini qurbonlarini xotirladi.

Payshanba kuni eʼlon qilingan bayonotda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi: “Biz Ozarbayjonning Qorabogʻ mintaqasidagi Xo’jali shahrida begunoh tinch aholiga qarshi amalga oshirilgan qirgʻinni qoralaymiz”, dedi.

Bayonotda davom etib: “Xo’jalidagi vahshiylik vijdonimizda sharmandali dogʻ boʻlib qolmoqda. Biz har doim qalbimizda halok boʻlgan 613 aka-uka va opa-singillarimizning, yarador boʻlganlarning, asirga olinganlarning va bedarak yoʻqolgan barcha ozarbayjonlik aka-uka va opa-singillarimizning qaygʻusini saqlaymiz. Xo’jali qirgʻinida halok boʻlgan aka-uka va opa-singillarimizga Xudodan rahmat tilaymiz va ozarbayjon xalqiga hamdardligimizni yana bir bor bildiramiz”, dedi.

Xo’jalidagi voqealar

Sovet Ittifoqi qulaganidan koʻp oʻtmay, 1992-yil 26-fevralda arman kuchlari Qorabogʻdagi Xo’jali shahrini egallab oldi va uni ogʻir artilleriya va tanklar bilan bombardimon qildi.

Ozarbayjon ma'lumotlariga ko'ra, shahar ikki soatlik arman hujumiga uchragan, natijada 613 nafar ozarbayjonlik tinch aholi, jumladan, 106 nafar ayol, 63 nafar bola va 70 nafar qariya halok bo'lgan, 4877 nafari og'ir jarohatlangan.

Qirg'in paytida armanlar tomonidan asirga olingan 1275 nafar ozarbayjonlikdan taxminan 150 nafari bugungi kunda bedarak yo'qolgan va sakkizta oila butunlay qirib tashlangan.

1990-yillarning boshlarida Birinchi Tog'li Qorabog' urushidan beri Qorabog' mintaqasi qirg'inlarga guvoh bo'lgan va ko'plab qabrlarga ega. Ushbu urush davomida Armaniston armiyasi xalqaro miqyosda Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olingan Qorabog'ni va Xojali kabi yettita qo'shni tumanni egallab olgan.

2020-yil kuzida, 44 kunlik janglardan so'ng, Ozarbayjon Qorabog'dagi ko'plab shaharlar, qishloqlar va aholi punktlarini qariyb 30 yillik arman istilosidan ozod qildi.

Ozarbayjon 2023-yil sentabr oyida "terrorizmga qarshi operatsiya"dan so'ng mintaqadagi separatistik kuchlar taslim bo'lganidan so'ng Qorabog' ustidan to'liq suverenitetni o'rnatdi.

Turkiya Xo’jali qirg'inini genotsid deb tan olgan va qurbonlar uchun adolat o'rnatishga chaqirgan birinchi davlatlar qatorida edi.