Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tadqiqotchilari seshanba kuni Isroilni, Gʻazoda genotsid sodir etishda va u yerdagi falastinliklarni yoʻq qilishga urinishda aybladi. Ular, shuningdek, Netanyaxu va boshqa yuqori martabali amaldorlarni genotsidni qoʻzgʻatayotganini ta’kidladi.
Birlashgan Millatlar tashkilotining Mustaqil Xalqaro tergov komissiyasi (COI), Gʻazoda genotsid uyushtirilgani va hozirgacha davom etayotganini aniqladi. Komissiya raisi Navi Pillay, «AFP»ga bergan bayonotida: «Bu vaziyatda javobgarchilik Isroil davlatida», - dedi.
Qamal ostidagi Falastin tuproqlaridagi Sogʻliqni Saqlash vazirligi ma’lumotlariga koʻra urush boshlanganidan beri Gʻazoda taxminan 65 ming nafar inson halok boʻldi. Gʻazodagi falastinliklarning koʻpchiligi kamida bir marta oʻz uy - joyidan mahrm qilindi va Isroil Gʻazo shahrini qoʻlga kiritish sa’y - harakatlarini kuchaytirar ekan, yana - da koʻproq tinch - aholi koʻchishga majbur boʻlmoqda. BMT, mintaqada toʻliq ocharchilik e’lon qildi.
COI, Isroil hukumati va kuchlari 2023 - yilning oktabr oyidan beri 1948 - yilgi Genotsid konventsiyasida sanab oʻtilgan beshta genotsid harakatidan toʻrttasini amalga oshirganini ta’kidladi. Ular guruh a’zolarini oʻldirish, guruh a’zolariga ogʻir jismoniy yoki ruhiy shikast yetkazish, qasddan yashash sharoitlarini yomonlashtirish va guruh ichida toʻliq yoki qisman tugʻilishning oldini olish kabi moddalar mavjud.
Yoʻq qilish niyati
Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha Isroil harbiy va harbiy boʻlmagan rasmiylarning aniq bayonotlari bilan Isroil kuchlarining xatti - harakatlari, Gʻazo sektoridagi falastinliklarni bir guruh boʻlib genotsid uyushtirish orqali yoʻq qilish niyatida ekanliklaridan dalolat bermoqda.
Hisobotda Isroil Prezidenti Isxak Gertsog, genotsidchi Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantning genotsidni qoʻzgʻatgani va hokimiyat ularning bu harakatlarini jazolamagani qayd etildi.
Janubiy afrikalik 83 yoshli sobiq sudya va bir vaqtlar Ruanda uchun xalqaro sudda rasilik qilgan, shuningdek, BMT Inson huquqlari raisi boʻlib xizmat qilgan Pillay: «Ushbu vahshiy jinoyatlarning mas’uliyati, oliy darajali Isroil rasmiylariga oitdir», - dedi.
Komissiya yuridik organ emasligiga qaramay hisobotlari diplomatik bosim hosil qilishi va keyinchalik sudlar tomonidan dalil sifatida foydalanilishi mumkin. Pillay «AFP»ga bergan intervyusida, komissiya Xalqaro jinoiy sud prokurori bilan hamkorlik qilganiga e’tibor qaratib, «Biz ular bilan minglab ma’lumot boʻlishdik», - dedi.
Sheriklik
Yakuniy hisobotini taqdim etgan Pillay, «Xalqaro hamjamiyat Isroilning Gʻazoda Falastin xalqiga qarshi olib borayotgan genotsid kampaniyasi oldida jim turolmaydi. Uni toʻxtatish uchun chora koʻrmaslik, jinoyatga sheriklik qilish bilan tengdir», - degan ifodalarga oʻrin berdi.
Urush boshlanganidan beri Isroil koʻplab hodavlat notijorat tashkilot va BMTning mustaqil ekspertlari tomonidan Gʻazoda genotsid uyushtirganlikda ayblandi va hatto bu ayblovlar xalqaro sudlarda ham olib chiqildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Gʻazodagi vaziyatni genotsid deb atamagan boʻlsa - da, may oyida BMTning yordam koʻrsatish boʻyicha rahbari dunyo liderlarini genotsidning oldini olish uchun qat’iy chora koʻrishga chaqirdi. O‘tgan hafta esa BMTning inson huquqlari bo‘yicha rahbari Isroilning genotsid ritorikasini qoralagandi.
O‘tgan yilning yanvar oyida Xalqaro sud Isroilga G‘azoda genotsid harakatlarining oldini olishga buyruq bergandi. Toʻrt oy oʻtgach, yana Xalqaro jinoiy sud Netanyaxu va Gallantni urush va insoniyatga qarshi qoʻl urilgan jinoyatlarda gumon qilib, hibsga olishga order berdi.
Bu harakatdan norozi boʻlgan AQSh Prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati oʻtgan oy Xalqaro jinoiy sudning ikki sudyasi va ikki prokuroriga qarshi sanktsiyalar joriy qildi. Bu sanksiyalar doirasida ularning AQShga kirishi taqiqlanib, mamlakatdagi mol - mulklaridan foydalanish imkoni vaqtinchalik toʻxtatildi.